Главная » Статьи » SHERLAR » XAYOT HAQIDA SHERLAR [ Добавить статью ]

В категории материалов: 25
Показано материалов: 1-25
Страницы:

Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам


XURMATLI DOSTLAR

STATUSLAR YOQAYOTGAN BOLSA
KLASS BOSING.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 2



Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Armonlar xayotga halal bermaydi.
Xotirani ortimga tashlab.
Yurakdagi so'zim birov bilmaydi.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Unutaman barcha-barchasin.
Oshiqlarim ko'zlarin yoshlab.
Qulflab qo'yaman yurak darchasin.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Qo'l siltab yorimning ohu zoriga.
Bir umur mexrsiz toshbag'ir yashab.
Sabrimni sarflab umr boriga.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Eng baxtsiz odamdek tuyulsamhamki.
Kunduzlari kulib, tunlari yig'lab.
Zora shunda sendan qutilsam, balkim.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Sherlar ham yozmayman yolg'ondan kuyib.
Bir umur o'zimni o'zim ayiblab.
Ko'zda yoshim bilan alamdan kulib.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Hudoyim bergan-ku axir toqatdan.
Bevafo qizlarni aldayman boplab.
Qasdimni olaman har kun xayotdan.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab...
Yetgunicha umur yetguncha toqat.
Qalbimga toshlarni oʻzingiz tashlab..
Toshbag'irsan deya qilmangiz tuxmat.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab...

Muallif: Janob-prikol
01.01 2015 yil
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Menga farqi qolmagan.
Nimalar deyishi ortimdagi til.
Kim men bilan, kimlar begona.
Endi menga hammasi bir xil.

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Shukurlar qilmadim boriga.
Doim olg'a intilaverdim.
Quloq xam solmadim onam zoriga.
Men dunyoga qul bo'lgan edim.

Boylikni xoxlardim, boyib ketishni.
Unutib otam qabrin ziyoratini.
Ustasi edim, mushkul yechishni.
Unutib dinimni diyonatini.

Oqibatda asablar charchab.
Xayot yo'llarida toyilib ketdim.
O'zimcha eng ulkan cho'qqini ko'zlab.
Yolg'izlik degan, bir makonga yetdim.

Meni sevganlarni qadrini bilmay.
Meni sevmaganni qadrladim men.
Sevganimga bitta gul tutmay.
Kimlargadur, bog' yaratdim men.

Oqibatda yuragim charchab.
Hissiz xayvon tusiga kirdim.
Bir tomchidek mehrga chanqab.
Qadrdonlar qadrini bildim.

Dostlar xam ketdilar birma-bir.
Ketdilar xammasi yiroqlab.
Yolg'izlik qoldi qalin do'st bo'lib.
Qon yurakni battar qiynoqlab.

Yiroqlab ketyapman o'zimdan.
Farishtalar ketmush ko'zimdan.
Tongdan to, tungacha nasixat bermay.
Bir ma'no chiqmaydi so'zimdan.

Masxaraboz, qilaman ermak.
Kulaman, yurakda tubanlik yotar.
Aytgan gaplarimni xammasi ertak.
Menga qayerdadur burilish kerak.

Xayotdan to'ymadim, lek xayot to'ygan.
Eh bu yetim boshim ne kunni ko'rgan!
Baxtu omad menga qovog'in uyib.
Baxtsizlik ustimdan kulgani kulgan.

Tugamoqda xammasi asta.
Sabr, umid, xattoki maqsad.
Tanam sog'lomu, lekin dil xasta.
Tirikmanu go'yoki jasad.

Dardlarim bir talay mana ko'ringlar.
O'lsam men uchun tutmangiz motam.
Iltimos qabrimga yozib qo'yinglar.
"DUNYODAGI ENG BAXTSIZ ODAM.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0




Oh bunchalar o'rtanma qalbim,
Senga taskin bera olar kim?!
Azoblardan kuymagin aslo,
Quvonish ham yaqindir balkim!

Kechir asli seni shu holga,
Solgan o'zim, gunohkor o'zim,
Axr men ham nima qilayin,
Nohaqlikdan bityapti to'zin!

Qalbim faqat sen oh chekmagin,
Sen oh cheksang, ojizdir tanim
Adolat deb kurashgum abad,
Sen tinch bo'lsang sokindir tanim!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Dili yo‘qning puli bor,
Puli yo‘qning dili bor,
Bu dunyoda do‘stlarim,
Har kimning o‘z yo‘li bor.

Oshiqqa may kerakdir,
Hofizga nay kerakdir,
Mayli yarim bo‘lsa ham,
Osmonga oy kerakdir

Dononing naqli bordir,
Oqilning aqli bordir,
Besabab otmaydilar,
Toshning ham narxi bordir

. Yozda ham qorni ko‘rdim,
Masjidda dorni ko‘rdim,
Sovuq demang tog‘larni,
Ichida g‘orni ko‘rdim

. Bozorni shayton qurdi,
Mozorni iymon qurdi,
O‘z qabrini qazganni,
Ayting do‘stlar kim ko‘rdi.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Assalomu alaykum hurmatli saytimiz foydalanuvchilari.
Mana ko'rib turgan va siz sevib foydalanayotgan saytingiz bugun roppa rosa 1 yoshga to'ldi. Shu munosabat bilan. Kamina janob-prikol sizlar bilan aloqaga chiqadi.
Saytimizga siz xam sher yoki status va turli xikoyalar qoshmiqchimisiz?
Saytimiz uchun qiziqarli loixangiz yoki taklifingiz bormi?
Saytimizda moderator bolmoqchimisiz?
ZAKAZ she'r kerakmi?
Shu bilan birga oyiga 100$ evaziga psixolog va ingliz tili o'qituvchilari ni ham SAYTGA ishga olamiz.
Barcha savollarga kamina janob-prikol odmoklassnik orqali javob beradi.
Ok. Rus da janob prikol bilan bog'lanishi uchun SHUNI BOSING
Yoki odnoklassniki orqali SHoXjaxon DeXqonoV deb qidiruv bering topasiz.
Men har biringizni kutaman...

| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Qalbingni yoqmasin shubha va so'roq,
Men o'zga manzilga tikkanman ko'zim,
U sening kulbangdan juda ham yiroq


Muallif: Abdulla Oripov
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Tuxumdan chiqdiyu keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar
Tashlandiq ushoq eb o'tadi kuni
Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar

Dunyoda ko'rgani shu tor hovuzcha
Va mudroq tollarning achchiq xazoni
Menga alam, qilar tilla baliqcha
Bir ko'lmak hovuz deb bilar dunyoni..


Muallif: Abdulla Oripov
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Tabiat kimga ko'p yo oz beribdi,
Kimgadir xalacho'p yo soz beribdi,
Vo ajab, mana bu mashshoq gadoyga
Tengi yo'q shohona ovoz beribdi.
1987 y


Muallif: Abdulla Oripov
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Qadimdan bir gapni uqtirar hayot:
Mard bo'lsang, o'z to'g'ri yo'lingdan qolma.
O'ladigan bo'lsang o'z go'ringda yot,
Birovning mozorin egallab olma.
1987 y


Muallif: Abdulla Oripov
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bir dono bazmini guvohi bo'ldim,
Shodumon davrada o'ynadim, kuldim.
Bazmini boisin so'rasam, dedi:
Bugun men nodondan qochib qutuldim


Muallif: Abdulla Oripov
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Zamin aylanadi, chiqadi quyosh
Hargiz kibr bilan ko'tarmagin bosh.
Oyoq ostingdagi xarsangni tepma,
Balki haykal bo'lar senga o'sha tosh.
1982


Muallif: Abdulla Oripov
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Hato haqida sher xato haqida wer, sherlar.

Xato

Shundaylar bor,senga lutf aylab,
Do'stman, deya senga qo'lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni kutarlar.

Xato qilsang, ularga bayram,
Yo'qsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra bo'lsa ham,
Xato qilishingni kutarlar.
Xatolaring kerak ularga,
Shox novdangni darhol butarlar.
Tag'in kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni kutarlar.

Axtarurlar hamisha illat,
Etti pushting go'rin titarlar.
Faqat unma, ulg'ayma faqat,
Xato qilishingni kutarlar.

Ular senga bir umr yo'ldosh,
Sodiq hamroh kabi o'tarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingni kutarlar.


Muallif: Abdulla Oripov
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Dunyo haqida wer Sherlar sher, dunyo xaqida she'rlar, дуне хакида шеьр, дуне хакида шерлар

Dunyoni g'alati yo'rig'iga boq,
Kimga aysh tashnayu, kimga dor mushtoq.
Lekin hammasidan ma'no bittadir:
Qurbon oldin ketar, jallod keyinroq

1991 yil


Muallif: Abdulla Oripov
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Tarqatilgan xayot kartasi.
Nomalumdir uning ertasi.
Qiziq emas bizga o'rtasi.
Xor qilmagin oxirimizni.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Hαуσtιm bιr zαуl dανσm εtmσqdα,
Turlι hαуσllαrdαn bσѕhιm qσtmσqdα.
Kσ'ρchιlιk jσnιgα tεkkαn bσ'lѕαmdα, Bιlαmαn kιmlαrdιr mεnι kutmσqdα.

Yuzιmnιng kulguѕι dαrdιm уαѕhιrαr,
Tαqdιr ѕιnσνlαrι αqlιm ѕhσѕhιrαr.
Hαttσkι chιn dσ'ѕtιm tαѕhνιѕh σѕhιrαr,
Mεnι уαqιnlαrιm tαѕhlαb kεtmσqdα.

Endι qαуgα ιzlαb bσrαуιn ραnσh,
Aуtgιn Yαrαtgαnιm qιldιm nε gunσh.
Yσlg'ιz σnαjσnιm chεkmσqdαlαr σh,
Mεnιng bιr kunιm hαm уιldεk σ'tmσqdα.

Sενgι σtαѕhιdα yσnιb hαm kσ'rdιm,
Xιуσnαt nεlιgιn ѕhundαn ѕσ'ng bιldιm.
Bugun σ'z σ'zιmgα hulσѕα qιldιm,
Mεnιng tσmιrιmdα αlαm σqmσqdα..
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Man shunday bir odammanki
O'zni topmay sarsonman
Man shunday bir odammanki
Gox u, gox bu tomonman
Man shunday bir odammanki
Bir yaxshi, bir yomonman
Man shunday bir odammanki
Ne sababkim omonman
Man shunday bir odammanki
Rostim bor, lek yolg'onman
Man shunday bir odammanki
Dard bog'iga bog'bonman
Man shunday bir odammanki
Yo'lga chiqqan karvonman
Man shunday bir odammanki
Manzil bilmas sarbonman
Man shunday bir odammanki
Yurakka dard solg'onman
Man shunday bir odammanki
Shu gard birla qolg'onman
Man shunday bir odammanki
Qaro yerday osmonman
Man shunday bir odammanki
Gul ko'ringan somonman
Man shunday bir odammanki
Aqli raso nodonman
Man shunday bir odammanki
Shaytonga qadrdonman
Man shunday bir odammanki
Yondirar saratonman
Man shunday bir odammanki
Sovuq qish qaxratonman
Man shunday bir odammanki
O'zni kutar qopqonman
Man shunday bir odammanki
Xech otilmas vulqonman
Man shunday bir odammanki
Xech to'zg'imas bo'ronman
Man shunday bir odammanki
Tinchiy olmas to'fonman
Man shunday bir odammanki
Zug'umkor mexribonman
Man shunday bir odammanki
G'am qasriga sultonman
Man shunday bir odammanki
Topilmas xar zamon man
Man shunday bir odammanki
Nechun tirik hamon man
Man shunday bir odammanki
Tomchiga zor ummonman
Man shunday bir odammanki
Aniq, ravshan, gumonman
Man shunday bir odammanki
Javobi yo'q so'rovman
Man shunday bir odammanki
O'z yoriga birovman
Man shunday bir odammanki
Boshlanmagan tamomman
Man shunday bir odammanki
Adog'i yo'q davomman
Man shunday bir odammanki
Goxi dard, gox darmonman
Man shunday bir odammanki
Kimlargadir armonman
Man shunday bir odammanki
Sarg'aymagan xazonman
Man shunday bir odammanki
Ko'ngli yarim insonman
Man shunday bir odammanki
Tingan qo'zg'olonman
Man shunday bir odammanki
G'ishtlari hom qo'rg'onman
Man shunday bir odammanki
Jimjit shovqin suronman
Man shunday bir odammanki
Egasi yo'q Turonman
13.10.2012
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Man saxroda bir daraxt,
Suv icholmas ildizman,
Bir o'zim juftsiz karaxt,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Yakka qolgan orolday,
Sohili yo'q dengizman,
Qaddi bukilgan tolday,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Bog'manki bir tikonli,
Bahorin quvgan kuzman,
Yuragi to'la qonli,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Qayta yonmagay shamday,
Hatto qolmas bir izman,
Ortiqcha dardu-g'amday,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Soniyalik umri bor,
Zumda uchgan yulduzman,
Yor yo'liga intizor,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Tonggi otmas tong, saxar,
Quyoshi yo'q kunduzman,
Ichgan suvlarim zaxar,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Oy yuzli, ko'zi shaxlo,
Qoldim zebo yorsiz man,
Xoru-zor, baxti qaro,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Yo'qdir maqsad yashashdan,
Jon bermoqqa xozir man,
Bu hayotda adashgan,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Borligida madorim,
So'z aytay bir og'iz man,
Qaytmas endi bahorim,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Yashamoqqa xushi yo'q,
Tirnalar bir tig'siz man,
Ko'ray desa, tushi yo'q,
Ox, sansiz man yolg'izman.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



SOGINCH
Titroq lablarimda nomingiz aytib,
Dunyoni unutib sizga talpindim.
Xar kun ko'rmasamda ko'rlarim yumib,
yurak- yuragimdan sizni sog'indim.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



SOGINCH
Titroq lablarimda nomingiz aytib,
Dunyoni unutib sizga talpindim.
Xar kun ko'rmasamda ko'rlarim yumib,
yurak- yuragimdan sizni sog'indim.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Мақтов кимга ёқмас, кўнглинг тўлдирар,
Мақтов - ширин оғу, ширин ўлдирар.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ҳаёт жоми ичра оқамиз
Гоҳи хурсанд, гоҳида вайрон,
Теваракка ҳайрон боқамиз,
Теваракни қолдириб ҳайрон.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Orzusiga yetgan kim bor armoni yo'q,
Armoni bor kimsa borki imkoni yo'q,
Hurmat bilan so'roqlashib turgani baxt,
Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q

Bo'lar bo'lmas qo'ng'iroqqa xushim yo'q deb,
Ming tashvishga mening o'nta boshim yo'q deb,
Noliyvermang, charchadim deb ishim ko'p deb,
Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q!

Sochma do'stim bo'lar bo'lmas asabingni,
Kimdir ko'zlab turgan bo'lsa mansabingni,
Ichingga yut jahl kelsa g'azabingni,
Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q!
Puli boru, do'sti yo'qlar nima qilsin,
Ko'zlari och qorni to'qlar nima qilsin,
Yillab zanglab yotgan o'qlar nima qilsin,
Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q!

Sendan yoshmi, yoki keksa ish buyursin,
Xizmatin qil, ishi bitib qandin ursin,
Ikki qo'ling shu ko'ksingda doim tursin,
Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q!

Sakson to'qson yoshingda ham o'rning bo'lsin,
Yaqinlaring siz keraksiz menga desin,
Shunday yasha yoshu keksa g'aming yesin,
Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q!

Ishi bitgach, rahmat aytib ketmasa ham,
Qayg'urmagin, Ahad Qayum chekmagin g'am,
Barin ko'rib tiribdiku qodir Egam,
Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q.

Orzusiga yetgan kim bor armoni yo'q,
Armoni bor kimsa borki imkoni yo'q,
Hurmat bilan so'roqlashib turgani baxt,
Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Daftarim chetida g’alat hoshiya;
Eslay ololmayman nega qo’yganim.
Bir quvnoq kunimdan balki xotira?
Balki belgisidir ilk bor sevganim?

Balki do’stlarimning achchiq hazilin,
Hazm qila olmay qo’yganman uni?
Balki hayotimning silsilasini,
Yozgartirmoq bo’lgan maqsadim kuni?

Ilk bor qarshilikdan umidsizlanib,
Hayotdan to’yganim nishonidir u?
Yo kelgan omadimdanmi, ruhlanib,
Ifodalab qo’ygan bir ajib tuyg’u?

Daftarim chetida bu g’alat chiziq.
Ne bo’lsa ham uni eslab yuraman.
Shirin orzularim ro’yosin tuzib,
Faqat baxtdan deya umid qilaman
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0