Sevgi haqida sherlar - SEVGI HAQIDA SHERLAR 2014 2015 - SHERLAR - SHERLAR STATUSLAR AFORIZMLAR SEVGI HAQIDA SHERLAR TO'PLAMI - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » Статьи » SHERLAR » SEVGI HAQIDA SHERLAR 2014 2015

Sevgi haqida sherlar
Men Sizni Sevaman soylarda oqib,
Dengizim, Siz tomon suzaveraman.
Men Sizni Sevaman Majnun misoli,
Sahrolarda kezib izlayveraman.

Men Sizni Sevaman quyosh misoli,
Nurga to'ldiraman bag'ringiz har tong.
Men Sizni Sevaman oftob misoli,
Osmonim, poyizga tiz cho'kib har shom.

Men Sizni Sevaman sherlarim bilan,
Yuragim xonishi baytlarda oshkor.
Men Sizni Sevaman bor qalbim bilan,
Faqat Sizni qo'msar takror va takror...

Men Sizni Sevaman har dam sog'inib,
Bizlarni ayirgan vaqtni tilkalang.
Kutganim, kutaman to diydorgacha,
Baxtim deb, gulim deb meni erkalang.

Men Sizni Sevaman o'zimdan ortiq,
Jon so'rang jonimni beraman so'zsiz,
Borimni, yo'g'imni qilarman tortiq,
Rang barang dunyo ham kerakmas Sizsiz.

Men Sizni Sevamanto o'lgunimcha,
Ne qilay sevgimdan voz kecholmasam.
Men Sizni Sevaman umr o'tguncha,
Muhabbat dardini tark etolmasdan.

Men Sizni Sevaman qush kabi uchib,
Osmonim, bunchalar yiroqsiz mendan.
Uchaman, uchaman samoni quchib,
Lekin hech kechmasman muhabbatimdan.
Категория: SEVGI HAQIDA SHERLAR 2014 2015 | Добавил: janob-prikol (16.01.2015)
Просмотров: 417 | Теги: IbratIbrat li maqollarIbrat li maqo | Рейтинг: 2.1/44
Всего комментариев: 0
avatar
Хостинг от uCoz