Sevgi haqida sherlar - SEVGI HAQIDA SHERLAR 2014 2015 - SHERLAR - SHERLAR STATUSLAR AFORIZMLAR SEVGI HAQIDA SHERLAR TO'PLAMI - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » Статьи » SHERLAR » SEVGI HAQIDA SHERLAR 2014 2015

Sevgi haqida sherlar
"SENI SEVGANIM"..
Ko'rgan kunim sarob bo'ladi,
O'tgan kunim harob bo'ladi.
Ichgan suvim sharob bo'ladi,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.

Ko'zim kulib ko'nglim yig'laydi,
Bag'rim ezib orom tig'laydi.
Yuragimga qil ham sig'maydi,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.

Bo'lsa masixlar kuni agarda,
Ko'tarilsa g'iborlik parda.
Qarama deb qilmagin zarda,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.

Hazon bo'lar ochilgan gullar,
Ishq bog'ida tutashmas yo'llar.
Kuylab navo qilmas qushlar,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.

Muhabbatni ko'zi ko'r bo'lur,
Hijronla g'ami zo'r bo'lur.
Bu peshonam o'zi sho'r bo'lur,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Категория: SEVGI HAQIDA SHERLAR 2014 2015 | Добавил: janob-prikol (31.12.2014)
Просмотров: 367 | Рейтинг: 1.8/20
Всего комментариев: 0
avatar
Хостинг от uCoz