Muhabbat - SEVGI HAQIDA SHERLAR 2014 2015 - SHERLAR - SHERLAR STATUSLAR AFORIZMLAR SEVGI HAQIDA SHERLAR TO'PLAMI - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » Статьи » SHERLAR » SEVGI HAQIDA SHERLAR 2014 2015

Muhabbat
Muhabbat nima u? xech bilolmadim,
Yurakda uyg`ongan otash tuyg`umi.
Sevdimu o`zimga lek kelolmadim,

Boshimga bitilgan g`ammi, qayg`umi?
Gohida sevinib o`zimdan- o`zim,
Kechalar telbadek mijja qoqmadim.
Gohida aldanib bo`zarib yuzim,

Nafratdan ko`p kunlar unga boqmadim.
Gohida yuragim, gohida u qiz,
Sevdimmi? Undan xech voz kecholmadim.
Aldandim, qiynaldim, o`rtandim yolg`iz,

Bu sevgi jumbog`in lek yecholmadim.
Ammo kunlar o`tib, sevgi negadir,
Zerikdi qalbimda uzoq qolishga.
So`ngra g`oyib bo`ldi ketdi qaygadir,

Endi urinmasman ko`ngil olishga.
Titroq ham yo`qoldi, bedorliklar ham,
Uzun kechalarda uxlarman beg`am.
Unga baxt tiladim, u menga omad,
Tinchkina ayrildik aslo chekmay g`am.
Категория: SEVGI HAQIDA SHERLAR 2014 2015 | Добавил: janob-prikol (14.01.2015)
Просмотров: 319 | Рейтинг: 2.4/18
Всего комментариев: 0
avatar
Хостинг от uCoz