- SEVGI HAQIDA SHERLAR 2014 2015 - SHERLAR - SHERLAR STATUSLAR AFORIZMLAR SEVGI HAQIDA SHERLAR TO'PLAMI - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » Статьи » SHERLAR » SEVGI HAQIDA SHERLAR 2014 2015

Balki siz hech qachon meni sevmassiz, Lekin uzoqlashib qayga ketaman?!
Bugun orzularning bo‘yidan mastsiz,
Men esa sevishda davom etaman!

Siniq oy har tunda tig‘ini charxlab,
Nur uchun jonimni qilganda ta’ma,
Olis-olislardan turib, erkalab
Men sizni sevishda davom etaman...

Quyosh - yer yuzining musavviridir,
Uni deb bo‘y cho‘zar dunyoi-chaman.
Nomimni toptasa qachondir, kimdir,
Shunda ham sevishda davom etaman!

Sovuq qish ortimdan etganda ta’qib,
Suv bo‘lib tog‘larga singib ketaman.
Bir kun poyingizda jilg‘adek oqib
Men sizni sevishda davom etaman!

Do‘stu-dushmanimga bildirmaymanu,
Sizning qoshingizda boshim egaman.
Sizni sevmoqlik bu - eng ajib tuyg‘u,
Siz borsiz - sevishda davom etaman!

Balki siz hech qachon sevmaysiz meni,
Sizdan ko‘ngil uzib qayga ketaman?!
Taqdir keltirsa xam kulfat boshimga neni
MEN SIZNI SEVISHDA DAVOM ETAMAN!!!
Категория: SEVGI HAQIDA SHERLAR 2014 2015 | Добавил: janob-prikol (26.07.2015)
Просмотров: 267 | Рейтинг: 2.1/91
Всего комментариев: 0
avatar
Хостинг от uCoz