- OTA ONA HAQIDA SHERLAR - SHERLAR - SHERLAR STATUSLAR AFORIZMLAR SEVGI HAQIDA SHERLAR TO'PLAMI - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » Статьи » SHERLAR » OTA ONA HAQIDA SHERLAR

Yurardim qachonlardir betashvish-u beg'am.
E'tibor qilmapman dardin bilsam ham.
Endi foydasi yo'q qancha achinsam,
Qaytib kelmas yerga otlangan OTAM.

Uch kun jim yotdilar shiftga boqqancha,
Biror so'z demasdan qalbim yoqqancha,
Hisoblab gunoh-u va savobin qancha,
Sukutda kimlarni o'ylagan OTAM.

Uch kun azoblanib ozor chekdilar,
Umr bog'lariga dardni ekdilar,
G'amning yaprog'idan kafan tikdilar,
O'zining ajalin sog'ingan OTAM.

Uchkun ham o'tdi-yu tilga kirdilar,
Mehribonim sekin yaqin tortdilar,
Mendan rozi bo'lgin qiynalma deya,
Nasihatlar aytib vidolashdilar.

Men ahmoq tushunmay vido so'zini,
Yolg'iz tashlab ketdim bilmay o'zini,
Ortiq ko'rolmadim o'tli ko'zini,
Bir umr ko'ziga zor etgan OTAM.

Otajon mehribon, g'amxo'r edingiz,
Asaldayin shirin edi so'zingiz,
Sog'inib eslaydi telba Öglingiz,
Bolam deb, Ög'lim deb yashagan OTAM.

Kuz kelib xazonlar to'kildi bir bir,
Kimdir vafot etdi, tug'ildi kimdir,
Vafotizga mana to'libdi bir yil
Olloh dargohiga yo'l olgan OTAM.

Qabringiz yonida turibman mana,
Siz sevgan gullardan keltirdim yana,
Ko'ksimdan otilib yosh chiqdi ana
Mening ko'zlarimni yoshlatgan OTAM.

OTAJON o'ksinmang ranjiganim yo'q,
Ko'zimga chang kirdi yig'laganim yo'q,
Yaxshiman ko'nglingiz qilavering to'q
Tushlarimda holim so'ragan OTAM.

Yig'lamayman degandim yig'ladim biroq,
Ahir kimsa yo'q-ku sizdan yaqinroq,
Ne uchun ketdingiz olislab yiroq,
Qaytib kelmas yerdan joy olgan OTAM
Категория: OTA ONA HAQIDA SHERLAR | Добавил: janob-prikol (31.12.2014)
Просмотров: 205 | Рейтинг: 2.3/63
Всего комментариев: 0
avatar
Хостинг от uCoz