Yolg'on - AYRILIQ ARMON HAQIDA SHERLAR - SHERLAR - SHERLAR STATUSLAR AFORIZMLAR SEVGI HAQIDA SHERLAR TO'PLAMI - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » Статьи » SHERLAR » AYRILIQ ARMON HAQIDA SHERLAR

Yolg'on
Meni aldab nima topdingiz,
Yolg'onlardan, yolg'onroqmidim.
Rost so'ylashga yo'qmi tobingiz,
Yomonlardan, yomonroqmidim?

Ne ko'ribman men sizni suyib,
Qolib ketdim qurshovingizda.
Tutay-tutay kul bo'ldim kuyib.
Yonayverib olovingizda.

Yomon tushlar ko'rsam gohida,
Yahshilikka yo'yaman uni.
Yig'lab oyning guvohligida,
Oq shu'laga chayaman uni.

So'ng o'zimni ishontiraman,
"Aldangan-siz, men emas go'yo.
Yulduzlarni yomon ko'raman,
Yolg'onchidir asli bu dunyo".

Jon-jonimni o'yib ketdiku,
Sizning sodda yolg'onlaringiz.
Bu dunyodan to'yib ketdiku,
Yomonlardan yomonrog'ingiz.
Категория: AYRILIQ ARMON HAQIDA SHERLAR | Добавил: janob-prikol (19.03.2015)
Просмотров: 1251 | Рейтинг: 1.8/24
Всего комментариев: 0
avatar
Хостинг от uCoz