Главная » Статьи » SHERLAR » AYRILIQ ARMON HAQIDA SHERLAR [ Добавить статью ]

В категории материалов: 42
Показано материалов: 1-42
Страницы:

Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам


XURMATLI DOSTLAR

STATUSLAR YOQAYOTGAN BOLSA
KLASS BOSING.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 2



SOG'INMAY QO'YDIM...
Ayriliq sababi rashk bo'lgan.
Sog'inchga sabrimni tutganman.
Hijronlar vaqt o'tib hal bo'lgan.
Men seni sog'inmay qo'yganman.

Armonni o'rgatgan azizam.
Ko'zingda o'zgani ko'rganman.
Hayoldan qo'ymagan bo'lsam ham.
Men seni sog'inmay qo'yganman.

Avvalar sen uchun o'lardim.
Bugun bu so'zimdan qaytganman.
Sog'insam oldinga borardim.
Bormadim...., sog'inmay qo'yganman.

G'ururim yengidi sevgimni.
Yolg'on so'zlaringdan to'yganman.
Topib ham bo'lganman tengimni.
Men seni sog'inmay qo'yganman.

Bevafo xiyonat qilding sen.
Ilk bora bir seni suyganman.
Seni bilmadim-ku, lekin men.
Umuman sog'inmay qo'yganman.

Bas qilgin tinchimni buzishni.
Qo'ng'iroq qilmagin to'yganman.
Bas qilgin ustimdan kulishni.
Men seni sog'inmay qo'yganman.

Muallif: janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Surnaylar chalinar, do'stlarim
hurram.
Sana'tkorlar to'lgan uyimga.
Bo'g'zim bo'g'ilar qiladi alam.
Dabdaba shartmikan motam
kunimga.

To'yxona to'rida o'zga yor bilan.
Ming afsus armonda o'tiribman
men.
Yurakda muzim-u yuzda qor
bilan.
Uch kishini o'ldiribman men.

Bugun kelin bo'lib o'tirgan dilbar.
Bilmaydi jasadga erga tekkanin.
Qalbimni ayamay azobda o'rtar.
O'ylamay aytilgan sho'r
va'dalarim.

Senda ayib yo'q, u ham ayibsiz.
Men o'zim jallodman hammamiz
uchun.
Rozi bo'lsin uchun ota-onamiz.
Endi umrimizda harkun qorakun.

Bugun to'yim emas- xayot
vayrona.
Qilmishga yarasha
jazolanyapman.
O'qilgan be o'xshov nikoxdan
ko'ra.
Janozam o'qilsa bo'lmasmidi-a?

Kuyovlik libosim kafanlik kabi.
Chimildiq men uchun qabriston
endi.

Xurmat bilan janob-prikol.
25.09.2014
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Cho'qinmayman... Qolgin demayman.
Hoxlaseng shu... O' zgarmayman xam.
Baxonam tayyor keksalar aytgan.
Dunyo asli yaralgan bir kam.!!!.
Bosh egmayman yurak amriga.
Qo'l siltayman muhabbatga xam.
Tan berasan ko'nglim sabriga.
Ey sochlari oltin rang sanam.

Qarab kutmaganman yo'linga.
Gullar tutmaganman qo'linga.
Ojizlik bo'ldimi ey axmoq.
Sevib qaraganim konglinga.

Xato, kamchiligim sanab charchama.
Azob beraver azobing bir pul.
Ortimdan g'iybatim chaynab
charchama.
Menga o'zing birpul, sarobing birpul.

Kechirgandim xiyonatingni.
Kutgan edim diyonatingni.
Endi borib yangi yoringa.
Qilavergin siyosatingni.

Mag'rurlikda tengsiz bo'laman.
Yurak menga bo'lmas muammo.
Men umuman boshqa bolaman.
Idealman shubxa yoq aslo...

Mendan qolgan bo'salaringni.
O'tkaza qol o'zing topganga.
Aslo qayta taqillatmayman.
Nigoximga eshik yopganga.

Teng qilmagin meni iltimos.
Qayerdagi shilta bollarga.
Men shunchaki yashayman xalos.
Armon bo'lib ko'ngli torlarga.

Kurashaman yurakka qarshi.
Cho'qingandan shunisi yaxshi.
Xotiralar ashshaddiy dushman.
Seni o'ylamayman o'zgani quchsam.

Mayli xolatimdan nodonlar kulsa.
So'ngi qarorimni mana aytaman.
Mendan yaxshirogi agar topilsa.
Man o'zimni osib.........., o'laman.

Uzur yoqmasa... Egasini topadi.
Xurmat bilan janob-prikol 3. 03. 2013
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Iqror!

Men qotilman hech kim bilmaydi,
Bu aybimni yashirib tuydim,
O'lgan ishqa qabr bulmaydi,
Men sevgimni o'ldirib quydim.

Nima qilib quydim ko'ringlar,
Orzularim ko'zlarin o'ydim,
Men qotilman bilib quyinglar,
Men sevgimni o'ldirib quydim.

Men baxtkesar qo'lda qaychiman,
Men baxtto'sar yo'lda ovchiman,
Men eng xafli jinoyatchiman,
Men sevgimni o'ldirib quydim.

Alvastido'st nafsim-yalmog'iz,
Ajdar og'zi yutgan o'ljasan,
Uvolinga qoldimku esiz,
Tug'ulmagan farzandimniman.

O'tga tawlab sho'rlik yurakni,
Qonga buyab quvonchkuylakni,
Tashlab ketdim guldek malakni,
Ko'rmaysimi mendey tentakni,
Men sevgimni o'ldirib quydim.

Ishqa maxbus qo'llarim kishand,
Ravo ko'rdim unga o'limni,
Kafanlika topolmay mato,
O'rab kumdim oppoq ko'nglimni.

Men sevgimni o'ldirib quydim,
Pusaymonko'l hanjarida qon,
Qabrtoshga ismingni o'ydim,
Men adashdim kechir sevgijon!

Muallif: Ahad Qayum
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Boshimga savdolar tushdi bir talay.

Janobni yuragin bir dard ezadi.
Ayting menga- qay birin tanlay.
Do'stimni sevgani, meni sevadi.
Xayron bo'lyapsizmi ushbu sherimga.
Xayotim mos dur mutloq felimga.
Xarkun qo'ng'iroq qilar telimga.
Do'stimni sevgani, meni sevadi.

Do'stinga aytib ber xammasin dersiz!
Axir do'stim baxti ado bo'ladi.
Judaxam xijolatda qoldimku, betsiz.
Do'stimni sevgani, meni sevadi.

Menku uni sevmayman aslo.
Do'stim uchun u erur tanxo.
Xammasi joyida o'xshaydi, ammo...
Do'stimni sevgani, meni sevadi.

Qizga tushuntirdim, imkonim qadar.
U aslo qaytmadi, avj oldi battar.
Do'stlikka muxabbat solmoqda xatar.
Do'stimni sevgani, meni sevadi.

Menga ko'rinmoqda dunyolari tor.
Mendek qiynalganlar yana qayda bor.
Asli aybsizman, lekin aybdor.
Do'stimni sevgani, meni sevadi.

Ularni shu yozda to'yi bo'ladi.
Do'stimni sevgani, meni sevadi.

(janob-prikol 25.03.2011
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ex xayot bunchalar chigalsan nega.
Bu sinoving ortiqcha menga.
Vooxx qoil qolmadim shum taqdir senga.
Sevganimga uylandi akam.

Sevgi asli sirli bo'larmish.
Sir saqlagan edimda men xam.
Endi nima bo'ladi turmish.
Sevganimga uylandi akam.

Bu xolat men uchun juda uyatli.
Qayg'uyim bir umr, uzoq fursatli.
Ular juft bo'ldilar go'zal suvratli.
Sevganimga uylangdi akam.

To'y kunida qoldim o't aro.
Yurak yig'lar, yuzim beparvo.
Ey do'stlarim bo'ldi bu ne savdo?
Sevganimga uylandi akam.

To'y xam o'tdi uyim begona.
Shoxona qasrimda sevgim devona.
Bechora tuyg'ular daydir xar yona
Sevganimga uylandi akam.

Akam xam bilmagan qizni sevishim.
Sevgilim aytgandi menga sevishin.
Taqdir deymi? yoki qilmishim.
Sevganimga uylandi akam.

Ayting do'stlar kimda ayb bor.
Naxot bunda sevgim aybdor?
Xovliga chiqolmam, to'rt tomon devor.
Sevganimga uylandi akam.

Yaram yangilanar qarasam xar dam.
Bu savdoga berolmam chidam.
Ushbu gal vaqt azob bo'lolmas xakam.
Sevganimga uylandi akam.

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sevganing tegib ketsa.
O'zgaga ko'nib ketsa.
Yana minglab qizlar bor.
Allohim sog'lik bersa.

Janob prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Assalomu alaykum hurmatli saytimiz foydalanuvchilari.
Mana ko'rib turgan va siz sevib foydalanayotgan saytingiz bugun roppa rosa 1 yoshga to'ldi. Shu munosabat bilan. Kamina janob-prikol sizlar bilan aloqaga chiqadi.
Saytimizga siz xam sher yoki status va turli xikoyalar qoshmiqchimisiz?
Saytimiz uchun qiziqarli loixangiz yoki taklifingiz bormi?
Saytimizda moderator bolmoqchimisiz?
ZAKAZ she'r kerakmi?
Shu bilan birga oyiga 100$ evaziga psixolog va ingliz tili o'qituvchilari ni ham SAYTGA ishga olamiz.
Barcha savollarga kamina janob-prikol odmoklassnik orqali javob beradi.
Ok. Rus da janob prikol bilan bog'lanishi uchun SHUNI BOSING
Yoki odnoklassniki orqali SHoXjaxon DeXqonoV deb qidiruv bering topasiz.
Men har biringizni kutaman...

| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sizni doim qizg'onaman armonlardan
Garchi o'zim armoningiz bo'lib turib
Biz charchadik o'shal shirin aldovlardan
U charchamas mening yurak bag'rim tilib

Ishonmayman qaxri qattiq yolg'onlarga
Kelsa nozik muxabbatga hanjar urib
Tan bermayman o'tar-ketar xijronlarga
Sevgingizga ozor bersa gunoh qilib

Firoqlarda dilingizga yetsa alam
Ishq haqida hayolingiz gumon bo'lib
Sizni qanday unutayin olisginam
Siymoyingiz YURAGIMga chizib qo'yib
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Jilmayib turasiz tikilib tursam,
Shirin so'zlar bilan aldayverasiz,
Bilaman bir qadam uzoqroq ketsam,
O'zga bir go'zalni izlayverasiz

Arazlab qolasiz gar kelmay qolsam,
Jilmayib turaman koyiyverasiz,
Boshim egib qo'ysa ko'zimdagi nam,
Siz esa beparvo kulaverasiz,

Ayriliq qasdida yashayman yig'lab,
Siz buni bilmasdan yashayverasiz,
Bir kuni bir kam dunyodan o'tsam,
Bilaman o'zga birovni izlayverasiz,

Tilda bo'lmasa ham, dilda nomimni
Har lahzada takror aytaaverasiz,
She'rlaring kerakmas deysiz-u, bir kun,
She'rlarim bahona yig'layverasiz,

Sizni sevishimni bir kunmas bir kun,
Dardli ko'zlarimdan bilib olasiz,
O'shanda ko'zimga tikilmang mahzun,
Bo'lmasa chin dildan sevib qolasiz...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Me’yoridan o‘tsam tuting ma’nzur, jonim,
Man qizg‘onsam nodon bo‘lib qizg‘onaman.
Guldekkina ko‘nglingizdan uzr, jonim,
Man qizg‘onsam tikon bo‘lib qizg‘onaman.

Holim bordir siz o‘zgaga bir boqqulik,
Arazim-da dunyolarga o‘t yoqqulik.
Alamlarni tilga qamab, lab tishlasam –
Tishlarimning orasidan qon oqqulik,
Man qizg‘onsam yomon bo‘lib qizg‘onaman.

Oydin tushga do‘nganim bor uyqungizda,
Binafshalar terganim bor kulgungizda.
Dil darchasin sizga ochib qo‘ydim qanday,
Qanday paydo bo‘ldim yurak mulkingizda?
Man qizg‘onsam hayron bo‘lib qizg‘onaman.

Hijronlar-ey, jonim aro jon saqlaydi,
Yo‘limizni ikki yonga taroqlaydi.
Siz og‘rinmang, shu kuydirgi rashkimni ham
Bir kun kelib sog‘inchingiz so‘roqlaydi…
Man qizg‘onsam armon bo‘lib qizg‘onaman.

Guldekkina ko‘nglingizdan uzr, jonim,
Man qizg‘onsam tikon bo‘lib qizg‘onaman…
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Erib ketar qalbingiz toshi
Oqar közdan ojizlik yoshi
Yetmas ekan inson bardoshi
Siz baribir sevib qolasiz.

Yurak qurg'ur topmaydi taskin
Könglingizga sevgi qurar in
Tan oling bir kunmas bir kun
Siz baribir sevib qolasiz.

Siz mag'rursiz bilaman buni
Sizni kutar baxtning butuni
Yuragiz ,,ox'' chekkan bir kuni
Siz baribir sevib qolasiz

Qalbingizni nimtalar armon
Xatto yurak topmaydi darmon
Bu aslida xudodan farmon
Siz baribir sevib qolasiz...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0





Ko'zlarim mayusdir quvonch begona.
Baxt ham mendan yuzin burmoqda.
Dardim mening birdur yagona.
Sog'inch meni ado etmoqda.

Sezdirmay deymanu, bo'lib qolar fosh.
Pichoq ham suvakka asta yetmoqda.
Allaqachon tugagan bardosh.
Sog'inch meni ado etmoqda.

Qayerdan izlashni bilmayman.
Manzillar chalkashib ketmoqda.
Deymanu Sirimni bermayman.
Sog'inch meni ado etmoqda.

Hayot rasvo, hayollar chalkash.
Bugun sharob suvdek ketmoqda.
Bo'lib qoldim qip qizil alkash.
Sog'inch meni ado etmoqda.

Qo'ng'iroq qil, xolimni so'ra.
Sevgi avzal g'ururdan ko'ra.
Qilgan xatolarga qilganman tavba.
Sog'inch meni ado etmoqda.

Muallif janob prikol 2.04.2015
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0




BERGAN EDIM BIR SIZGA KO'NGIL,
ENDI DUNYO TORDIR KO'ZIMGA.
YOLVORAMAN YASHASHIM KERAK
YURAGIMNI BERING O'ZIMGA

. SEVGAN EDIM BIR SIZNI JONDAN
XATTO JONNI KO'RIB SIZGA TENG
XECH BO'LMASA MAYLI YOLG'ONDAN
MEN XAM SIZNI SEVADIMKU DENG
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Quyoshsiz yashashga
o’rganib qoldim,
Ko’nikdi oyga ham
shamstalab
ko’zim.
Sizga baht tiladim,siz
esa- menga,
Toqatlar tiladim
o’zimga o’zim.

Tasbeh ayta-ayta
charchadi
sog’inch,
Sajdaga bosh qo’ydi
toliqqan yurak.
Shu dam azroyildek jon oldi hijron,
Endi arvoh kabi kezadi tilak.

Lekin men
tirikman, xavotir olmang,
Umid uzganim yo’q
hayot gulimdan.
Sizsiz yashamoqni
o’rgandim,demak,
Sizni sevmay yashash
kelar qo’limdan.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Oy - ko'zim oldida sarg'aygan yaproq,
Kuzak - hayolimda mitti tugunchak.
Jismim - oyog'ingda toptalgan tuproq,
She'rim - anduhlardan yaralgan g'uncha.

Tunlar qulog'imda qolib ketgan sas,
Tonglar vujudimda esgan bir nasim.
Jonim, boshqasini topmadim, hullas,
Sening ko'zlaringga kelar havasim.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Meni aldab nima topdingiz,
Yolg'onlardan, yolg'onroqmidim.
Rost so'ylashga yo'qmi tobingiz,
Yomonlardan, yomonroqmidim?

Ne ko'ribman men sizni suyib,
Qolib ketdim qurshovingizda.
Tutay-tutay kul bo'ldim kuyib.
Yonayverib olovingizda.

Yomon tushlar ko'rsam gohida,
Yahshilikka yo'yaman uni.
Yig'lab oyning guvohligida,
Oq shu'laga chayaman uni.

So'ng o'zimni ishontiraman,
"Aldangan-siz, men emas go'yo.
Yulduzlarni yomon ko'raman,
Yolg'onchidir asli bu dunyo".

Jon-jonimni o'yib ketdiku,
Sizning sodda yolg'onlaringiz.
Bu dunyodan to'yib ketdiku,
Yomonlardan yomonrog'ingiz.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Hayot yo'lim etadi davom,
Bevafo yor tashlab ketsa ham.
Lek muhabbat so'nmadi hamon,
U o'zgani tanlab ketsa ham!

O'zga yorga ko'nglim ko'nmadi,
Undan umid so'nib ketsa ham,
Unga bo'lgan mehrim so'nmadi,
U o'zgani tanlab ketsa ham!

Yurak undan voz kecholmaydi,
Voz kechishga ko'zi yetsa ham.
O'zga yorni hech sevolmaydi,
U o'zgani tanlab ketsa ham!

Azoblarda qoldim bir o'zim,
U bevafo quvnab yursa ham.
O'zga yorni ko'rmaydi ko'zim,
U o'zgani tanlab ketsa ham.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sevar edim bir sizni jondan.
Xatto jonni sizga ko'rib teng.
Xech bo'lmasa mayli yolg'ondan.
Men ham sizni sevar edim deng!

Har yurakda yasharkan armon.
Asli armon kungil tanlamas.
Tukiladi harlahza har on.
Kimdur anglab kimdur anglamas.

Yangi umid uyg'onar dilda.
Usha orzu usha tug'yonlar.
Balki shudir ishq deganlari.
Balki shudir guzal imkonlar!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Cho’ksam bosaverar meni bu ga’mlar,
Cheksam sig’averar dunyoga oxim.
To’ksam kelaverar ko’zimga namlar,
Sen uni sog’inchga yor qil iloxim…

Bag’rini o’rtasin ishq degan tilsim,
Asl muxabbatning qadrini bilsin.
Barcha orzulari mustajob bo’lsin,
Unga ne istasa bor qil iloxim…

Kechir menga bergan sitamlarini,
Ketkaz yuragidan alamlarini.
Jam et bu dunyoning sanamlarini,
Sochlarin bo’yniga dor qil iloxim…

Xar laxza omadi qo’lida bo’lsin,
Tuganmas davlati yo’lida bo’lsin.
Do’stlari o’ngida, so’lida bo’lsin,
Uning g’animlarin xor qil iloxim…

Dildan qayg’ulari ketsin darbadar,
Shodlikdan ko’nglini osmonga ko’tar.
Sevilsin sochidan tirnog’i qadar,
Bir mening mexrimga zor qil iloxim…
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Asli haqiqatdan yiroqdir ertak,
Sevgi- muhabbat ham afsona demak.
Bir baxtsiz taqdirdan
olinar o'rnak, Menimcha
muhabbat yo'q bulsa kerak.

Har kim guzallikni kashf etar uzi,
Kimdir muhabbatga tan berar
shaksiz.
Bitta o'zimmanmi
dunyoda baxtsiz,
Menimcha
muhabbat yo'q bo'lsa kerak.
Rayhon hidlariga aldanganim
rost,
Haqiqat husniga
bo'lganim ham mast. Ey kuygan
yuragim buncha ketma past,
Menimcha muhabbat yo'q bulsa kerak
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sizdan oldin men ketaman.
Ko'zlarimni yummastan.
Qalbingizni tark etaman.
Mehringizga to'ymastan.

Sevmasangiz sevmabsiz,
Foyda bormi o'ylashdan.
Menga ko'ngil bermabsiz,
Uchrashuvga ko'nmastan.

Hamma baxtli bo'laversa,
Hayot qiziq bo'lmaydi.
Undan keyin qolaversa
Inson qolmas o'lmastan.

Siz ham bir kun albatta
Ortimadan yo'l olasiz.
Balki nargi dunyoda.
Meni sevib qolasiz.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Achchiq xotiralar böldi-ku
tilak,
Og'ir ayriliqqa köndi bu yurak,
Nima bölsa hamki tan olish kerak, Sevdim,sevayapman,
sevaman seni.

Ötkinchi havasga
berildik goho,
Boshga sinovlarni
soldi bu dunyo,
Dilim töla nafrat
bölsa ham ammo,
Sevdim,sevayapman, sevaman seni.

Har on hayolingsiz ötmaydi vaqtim,
Seni öylasam bas ortadi zavqim,
Bilmam armonimmi va yoki baxtim,
Sevdim, sevayapman,sevaman seni.

Bu qanday tuyg'uki seni öylasam,
Pinhona örtanib nominga
kuylasam,
Kecham ham bugunim
ertamdan qasam,
SEVDIM,SEVAYAPMAN, SEVAMAN SENI!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bilardim dunyoda borligingizni,
Meningdek telbaga zorligingizni,
Sevgim asir etdi borlig'ingizni,
Men sizni Xudodan so'ragan edim...

Yig'lardim ko'zimni qoralar qilib,
Tig'lardim o'zimni poralar qilib,
Tunlarda uxlamay nolalar qilib,
Men sizni Xudodan so'ragan
edim...

Bilmadim, men sizni qanchalar
kutdim,
Aqiq lablarimda g'unchalar
tutdim,
Sizni ko'rgan ondan o'zni unutdim,
Men sizni Xudodan so'ragan edim...

Samoda charx urgan qushlardan emas,
So'ngiga yetmagan tushlardan emas,
Oshnolardan emas, heshlardan emas,
Men sizni Xudodan so'ragan edim...

Hijron damlarini bo'lmaydi cheki,
Aslida baxt uchun yaralgan edim.
Sizga bo'lgan sevgim shunday edi-ki,
Men sizni Xudodan so'ragan edim ..!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Hαmmα αγtαdι ѕeνgι ѕσtιlmαγdι deb.
Adαѕhαdι bιr ĸσ'rιѕhdα ѕeναѕαη.
Bir υmιrlιĸ αzσb bιlαη tσ'lαγѕαη.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bir kun yaqinsan bir kun uzoq.
Sevgiyu muhabbat hammasi tuzoq.
Aytingchi qandayin gunohim uchun.
Bir kunim bayramu bir kunim azob.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ishonmang bu qadar tirikligimga.
Zulmatda ziyodek yorishib ketsam.
Ertaga qayerdan topasiz meni.
Hokisor tuproqqa qorishib ketsam.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Xumor etsa visol onlari.
Ishq bog'ini kezolmayapman.
O'kinch boshqa muhabbat boshqa.
Sendan ko'ngil uzolmayapman.

Sog'inch hissi bamisli bahor.
O'zga taqdir tuzolmayapman.
Yo'llaringga ko'zim intizor.
Sendan ko'zim uzolmayapman.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Menga keling ko'nglingizni qoplasa g'am.
Izlasangiz ko'ngli daryo dilkash hamdam.
Bag'ring giz qon kipringingiz bo'lganda nam
Sizga oyning chexrasini ko'rsataman
Yiglamasdan yashamoqni o'rgataman.

Menga keling sizni suygan do'st qolmasa
Yurakka nur baxsh etuvchi so'z qolmasa
Mexr bilan qaraguvchi ko'z qolmasa
Sizga mexr neligini ko'rsataman
Yig'lamasdan yashamoqni o'rgataman

Zumrat baxor go'zal misli yo'ldoshim
Boychechaklar g'ubori yo'q sirdoshim
Sho'x jilg'alar mening konglim beboshim
Sizga soflik neligini ko'rsataman
Aldanmasdan yashamoqni o'rgataman

Majnun jonim fido bo'lsin layloyimsiz
Bebosh erka yuragimda maftunimsiz
Bolamisol salga hafa mamnunimsiz
Shaydolikka vafolik ne ko'rsataman
Sizga sevib yashamoqni o'rgataman
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Dunyodan kechganman – sen ham mendan kech,
Yuragim adog’in ko’zlama, jonim,
Quyoshim vasliga yetolmadim hech –
Qo’yib ber – yig’lasin bugun osmonim.

Men senda yorimni ko’rib adashdim,
Men senga jonimni qildim omonat.
Men senga borimni berib adashdim –
Qo’yib ber – kuylasin bugun nadomat.

Endi ayriliqdan tonganim bekor,
Alamli so’nggiga yetdi ertagim.
Seni deb bir umr yonganim bekor –
Qo’yib ber – muzlasin bugun yuragim.

Men ojiz – yuraging o’zgaga tortar,
Ichimda tosh bo’lib qotdi rashklarim.
Ertaga ko’zlarim o’zga yor artar –
Qo’yib ber – tinmasin bugun ashklarim.

Diydorning kasriga g’urur qoldimi,
Qasos olmoqlikka hozir yolg’izlik.
Vaslingga yetishmoq armon bo’ldimi –
Qoyib ber – yayrasin bugun sensizlik.

Baxt deb bilgan yoring qo’llaridan tut,
Mening qo’lim tutgan sodiq alamim.
Har qanday so’zingga dil saqlar sukut –
Qo’yib ber – so’ylasin bugun qalamim!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Qo'ying bu dunyoning
g'avg'olarini,
Boshi bor so'nggi yo'q
g'alvolarini,
Berahm, beshavqat savdolarini,
Men sizni SOG"INDIM SOG'INIB KETDIM!

Yeganim ichimga tushmaydi netay,
Bir kunim azobsiz o'tmaydi netay,
Ko'nglim yaralari bitmaydi netay,
Men sizni SOG"INDIM SOG'INIB KETDIM!

To'ydim har kunimnig
yolg'onlaridan,
Dilimga o't qo'ygan
yomonlaridan,
Bir so'zi ikki xil insonlaridan,
Men sizni SOG"INDIM SOG'INIB KETDIM!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Эртакка айланди хаётим менинг.
Ёкимли дард булди азобим менинг.
Билмадим бу балки хатойим менинг.
Сезни севиб севишни ургандим аммо.
Сиз бошка дунёсиз мен бошка дунё.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sendan qolgan ozorlarimni.
Xar nafasda yutib yashayman.
Bir chekkaga surib bedorlarimni.
Qo'ng'irog'ing kutib yashayman.

Yurakkinam yig'lagan onda.
Bechorani so'kib tashayman.
To tirikman, o'lik bu jonda.
Qo'ng'irog'ing kutib yashayman.

Janob prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



DIQQAT DIQQAT. RASSIYADA ISHLOVCHILAR. PATENT OLISH UCHUN YANGI QONUNDAN HABARINGIZ BORMI! PATENT OLISH UCHUN IMTIXON SAVOLLAR
SIZNI O'YLANTIRYAPTIMI?
SAYTIMIZ SIZGA IMTIXONDAN YANI RUS TILI QONUNI TARIXIDAN TUSHADIGAN SAVOLLARNI TAXMINIY KO'PIYASINI TAQDIM ETADI TESTLARGA O'TISH UCHUN shuni bosing TESTLAR
SAYTIMIZDA QOLING HURMAT B.N JANOB PRIKOL
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Kun sanab oy sanab balki yil ötar.
Axir kuz mangumas
baxor xam qaytar.
Kelmading közlarim
xamon yöl kutar
Bir bora yöqlashga arzimasmidim

Bilarding sensiz kun
menga kun emas
Bilarding sensiz tun
menga tun emas
Naxot sog'inmading bir körging
kelmas
Bir bora yöqlashga arzimasmidim

Naxot chiday olding
shuncha kun mensiz
Qanday yashay olding
shuncha tun mensiz
Shunchalik pastmidi
sevgimiz essiz
Bir bora yöqlashga arzimasmidim ♥
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



ЮРАКлар талпиниб йиглаб юрганда.
Яхши курган инсоним ёмон курганда.
Кузларим аламдан ёшга тулганда.
Факат ХАКИКАТни излаб йигладим.

Майлига одамлар озор берса хам.
ОЛЛОХ бор!
Майлига гийбат килса хам.
СЕВГАНИМ тушунмай юзин бурса хам.
КАДРимга куйиниб зор - зор йигладим.

Мехрлар бердиму, МЕХР топмадим.
Яхши куринай деб елиб чопмадим.
Дунёда у3им боб ДИЛКАШ топмадим.
АЗОБЛИ
дунёда туйиб йигладим!!!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Mayli ketgin... To'smasman yo'ling,
Muxabbating dildan yulib ket,
Qalbimdan bo'sh qaytmasin q6ling,
Boru budim mayli olib ket,

Bag'ring bo'lsin doimo butun,
Sezma meni xech keragimni,
Balolardan asramoq uchun,
Tumor qilib ol yuragimni,

Dilingdagi muxabbat qabrin,
Quchib yig'lab tursa xotira,
Tangrim bergan bardoshu sabirni,
Olib ketgin cho'chima sira,

Taqdir kulfat yog'dirsa bir kun,
Tutib beray garib boshimni,
Gunoxlardan poklanmoq uchun, Olib ketgin ko'zdan yoshimni.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Dardlar senga soya solsa ham.
Doim quvnab yurishing kerak.
Baxtga yetish qiyin bölsa ham.
Sen baxtingni topiwing kerak!

Tölib ketsa alamga yurak.
Alamlarni yengishing kerak.
Singang köngling bölsada halak.
Sen baxtingni topishing kerak.

Sen baxtiyor bölmasang bugun,
Qalbm taskin topmasa kerak.
Men baxtiyor böliwim uchun.
Sen baxtingni topiwing kerak.

Bir yonimga kelolmasang ham.
Manga baxtlar berolmasang ham!
Mayli meni Eslamasang xam!
Sen baxtingni topiwing kerak.

Doim baxtli böliwing kerak!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



"Yaxshimisiz?" Deganingda sen.
"Yo'q yomonman!" degim keladi.
Xajringda xar kuni o'lgan yurakni.
Senga atab bergim keladi.

"Yaxshimisiz?" deganingda sen...
Alamdan, ajabdan kulib yuborgum.
Sensizlik xar laxza jonimni olar.
Shu kunda qandayin yaxshi bo'lolgum?

"Yaxshmisiz?" deganingda sen.
Faryod solgim kelar yurakni mushtlab.
Hol so'rashing xaqoratga teng.
"YAXSHI" deyman, zo'rg'a, amallab.

"Yaxshimisiz?" deganingda sen.
Bor dardimni aytgim keladi.
Harob bo'ldim sendan kegin men.
Yana senga qaytgim keladi.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Surnaylar chalinar, do'stlarim hurram.
Sana'tkorlar to'lgan uyimga.
Bo'g'zim bo'g'ilar qiladi alam.
Dabdaba shartmikan motam kunimga.

To'yxona to'rida o'zga yor bilan.
Ming afsus armonda o'tiribman men.
Yurakda muzim-u yuzda qor bilan.
Uch kishini o'ldiribman men.

Bugun kelin bo'lib o'tirgan dilbar.
Bilmaydi jasadga erga tekkanin.
Qalbimni ayamay azobda o'rtar.
O'ylamay aytilgan sho'r va'dalarim.

Senda ayib yo'q, u ham ayibsiz.
Men o'zim jallodman hammamiz uchun.
Rozi bo'lsin uchun ota-onamiz.
Endi umrimizda harkun qorakun.

Bugun to'yim emas- xayot vayrona.
Qilmishga yarasha jazolanyapman.
O'qilgan be o'xshov nikoxdan ko'ra.
Janozam o'qilsa bo'lmasmidi-a?

Kuyovlik libosim kafanlik kabi.
Chimildiq men uchun qabriston endi.

Xurmat bilan janob-prikol.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



O'zga yorga ketding yor bo'lib.
Balki kulib, balkim zor bo'lib.
Xijronlardan ming bezor bo'lib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Xayotda bir umr xayolga tolib.
Goxi o'tib, goxida qolib.
Sevgini lanatlab baxtimdan tonib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Lekin xotira bor, shudur muammo.
Seni eslatadi yulduzlar, samo.
Go'zal xotiralar qolgan-u ammo.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Qo'ng'iroq qilmayman raqaming terib.
Xat xam yozmading-a sen shuncha sevib.
O'zimni baxtsizlik, qo'liga berib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Yirtilgan surating qayta teraman.
Xar kuni tushimda seni ko'raman.
Nafratlanib, pinxon sevaman.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Dunyoda xech kimga, ishonmay qo'ydim.
Goxi el ichra kulgular bo'ldim.
Bazida shirin xayotdan to'ydim.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Yurakka nafratdan saroylar soldim.
Goxo bu xayotdan rosayam toldim.
O'zimdan emas, men sendan tondim.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Men xanuz sevaman, o'zimni erkam.
Axir menga baxtku, yashasang be kam.
Ushbu so'zlarimdan ko'zlarimda nam.
SENSIZ YASHASHLIKKA O'RGANIB QOLDIM.
(Zamonaviy-Navoiy 29.10.2010)
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0