SHERLAR - SHERLAR STATUSLAR AFORIZMLAR SEVGI HAQIDA SHERLAR TO'PLAMI - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar  

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH

 
Главная » Статьи » SHERLAR

В разделе материалов: 171
Показано материалов: 1-50
Страницы: 1 2 3 4 »

 
Men sizlarni avvalambor kelayotgan 2017 yil va yaqinlawib kelayotgan yangi yil b.n chin qalbimdan tabrikleyman iwlarga va uqiwlaringa omad 2016 yilda o'qiwga kirolmagan abuturentlar 2017 yilda talaba buliwlarini tilayman hammelaga omad deb XURMAT B.N MADINABONU
Baxo bering:
Просмотров:205 madinaxon | | Комментарии (1)

 
 
Sani sevging meni g'ururim oldida hech nima emas. MADINABONU
Baxo bering:
Просмотров:354 madinaxon | | Комментарии (1)

 
 
Hop qani ket.
Mendan yiroqqa.
Meni rad et.
Tashla firoqqa.

Qidir baxonalar.
Ko'rishmas uchun.
Senga yalinmayman.
Yalinmoq nechun?

Yolg'onlaring to'planib.
Tog'lar bilan tenglashdi.
Qara yo'ldan adashib.
Shayton senga ergashdi.

Meni nima qilasan.
Axir seni nafsing bor.
Men davolay olmagan.
Orzu degan darding bor.

Qo'lingdan ham tutmayman.
Tutgim kelmaydi.
Sen ketaver xechkim.
Ketma demaydi.

Janob-prikol. 2016
Baxo bering:
Просмотров:142 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Ajib tuyg'ular yurakga g'ulg'ula solib
Hisiyotlar olamga sig'may lablar nenidur so'zlar
Naxot bu sevgi kerakmi shuncha azob
Qalbim so'ragan inson endi meni sevmas.

Ferede97
Baxo bering:
Просмотров:870 ferede97 | | Комментарии (1)

 
 
Xech qanday xis qolmagan qalbda.
Menga yot xislatdur xayajon.
Xayotga yengildim, yengildim dardga.
Yoshlikni sog'indim Onajon.

Soxta nigoxlardan bezib qolganman.
Pichoqdek sanchilar tanamga bu jon..
Kattalikdan juda tolganman.
Yoshlikni sog'indim onajon.

30 ga kirmasdan, yuzdan oshgandek.
Sabr to'lib, toqat toshgandek.
Ortimdan kafanlik quvib shoshgandek.
Yoshlikni sogʻindim onajon.

Muallif: janob-prikol
Baxo bering:
Просмотров:456 janob-prikol | | Комментарии (2)

 
 
Aqilli sarflar bir martta.
Lo'xga kuyunar jonim.
Ahmoq xam sarflar sanoqli.
Lo'x sarflar xar doim..

Kecha bozorga bordim.
Zo'r palto sotib oldim.
Yana oldim qalin shim.
Uchrab qoldi tanishim.

Lo'xlik qilib hoholab.
Meni u gapga soldi.
- Shunday issiq yoz kunda.
Paltoga balo bormi?

Futbolka ham ortiqcha.
40 gradus issiq.
U haq edi o'zicha.
Men huddi tilim qisiq.

Javob berdim hotirjam.
- o'yla dedim birodar.
Xozr yozda paltoni.
Aqillilar sotvolar.

Sendaqa lox bandalar.
Yozda qishni o'ylamas.
Hudo bergan kallani.
Ishlatib tuuur yaramas.

Yozda palto kiyilmas.
Olmas uni xechkimsa.
Narxi yozda arzonda.
Oshib ketar qish kelsa.

Bu ham bitta falsafa.
Kallani ishlatishda.
Futbolka bo'lar arzon.
Erta-indin qish kelsa.

Ikkita ko'ylak puliga.
Bitta palto sotvoldim.
Tanishim til tishladi.
Tez tez yurip ketvordim.

Qissadan qissa shuki.
ERTANI O'YLAB YASHA.
Lekin hammani fikri.
Kallasiga yarasha.

Unutmang ey do'stlarim
Kamroq qiling sarfni.
Yana takror yozaman.
Tepadagi tarifni.

Aqilli sarflar bir martta.
Lo'xga kuyunar jonim.
Ahmoq xam sarflar sanoqli.
Lo'x sarflar xar doim.
Hurmat bilan janob-prikol.
Baxo bering:
Просмотров:215 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Armonlar xayotga halal bermaydi.
Xotirani ortimga tashlab.
Yurakdagi so'zim birov bilmaydi.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Unutaman barcha-barchasin.
Oshiqlarim ko'zlarin yoshlab.
Qulflab qo'yaman yurak darchasin.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Qo'l siltab yorimning ohu zoriga.
Bir umur mexrsiz toshbag'ir yashab.
Sabrimni sarflab umr boriga.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Eng baxtsiz odamdek tuyulsamhamki.
Kunduzlari kulib, tunlari yig'lab.
Zora shunda sendan qutilsam, balkim.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Sherlar ham yozmayman yolg'ondan kuyib.
Bir umur o'zimni o'zim ayiblab.
Ko'zda yoshim bilan alamdan kulib.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Hudoyim bergan-ku axir toqatdan.
Bevafo qizlarni aldayman boplab.
Qasdimni olaman har kun xayotdan.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab...
Yetgunicha umur yetguncha toqat.
Qalbimga toshlarni oʻzingiz tashlab..
Toshbag'irsan deya qilmangiz tuxmat.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab...

Muallif: Janob-prikol
01.01 2015 yil
Baxo bering:
Просмотров:283 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Vidolashuv!
Jim turgin ko'zinga to'yib olayin.
Yig'lama azobdan, yuragim ezib.
Jim turgin so'ngi bor o'lib olayin.
So'ngi uchruvdur, turibman sezib.

Jim turgin iltimos hiyonatkorim.
Ortiq yashamoqqa yetmas imkonim.
Sen ham oxirgi bor qarab ol menga.
Kegin yo'q bo'ladi mening timsolim...

So'rama holimni, gapir o'zingdan.
Gapirib ber hotiralarim.
Yuragim yorilib ketsin so'zingdan.
Qolmasin qalbimda dardli alamim.

Men senga munosib yashay olmadim.
Seni ko'p ranjitdim kechir sevgilim.
Seni O'zgalardan asray olmadim.
Seni baxting uchun fido bu umrim.

Jim turgin malikam jimm mahmadonam.
Labinga, sochinga to'yib olayin.
Mening mehribonim, mening eng soddam.
Jim turgin, qarshingda o'lib olayin.

Muallif Janob-prikol 2013-yil
Baxo bering:
Просмотров:335 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
UYLANISH-2
Hammaga keng bu olam.
Menga tordek bo'lyapti.
Xarkuni hafa onam.
"UYLANASAN" deyapti.

Onam xarkun qiz topar.
Uchrashuvlar avjida.
Ko'plari og'zim yopar.
Yaxshilari kam juda.

Sochi uzun o'rilgan.
Qolmabdi atlas kiygan.
Hammasi soch bo'yagan.
Yengi yo'q, kalta kiygan.

Bir qarich tillari-yu.
Yarim qarich yupkasi.
Hammayog'i lang ochiq.
Yo'q ediyo-v ko'ftasi.

Med kallejni bitirgan.
Och bo'riday qutirgan.
Qilgan ishlari buni.
Basharasiga "urgan".

Hullas uyga kevoldim.
Onamni oldiga bordim.
"O'qimagani bormi?"
Deb birdan baqirvordim.

Med kallej-u Pediyam.
Kasib hunar Setiyam.
Hammasi sharmandaku.
Esli qiz toping Onam.

Ibo hayoni bular.
Diplom ishga yozvorgan.
Ho-ho-lab kulib yurar.
Uyatni ham sotvorgan.

Biri domla no'merini.
"dadasi" deb yozvobdi.
Ovora qilib meni.
Uchrashuvga bx*q bormi?

Hamma ushbu zamonda.
O'qigan qiz izlaydi.
Nomusidan bexabar.
Oyligini ko'zlaydi.

Lekin o'qigan qizlar.
Manga vashshe mosmasda.
Chunki kamina bilar.
Sizlar kabi lo'xmasda!

O'qigan qizni olish.
Yo nochorlik, yo lo'xlik.
O'qimagan qiz olish.
Ham donolik, ham to'qlik.

Maslaxatim bollarga.
O'qimagan qiz oling.
Bunaqasi kam juda.
Sovchini tez yuboring.

O'qigan qizni osez.
Birinchisi bo'mesiz.
Kimdur yegan somsani.
Haqini siz to'lesiz.

Jippillab uyalmasdan.
Tong saxarda ketadi.
Kun bo'yi o'qimasdan.
Shom paytida keladi.

Oddiy Nyuton qonunlarin.
Bilmaydi alam qilar.
Tortish kuchi deganda.
Bu qizlar ochiq kiyar.

Hop shundayin zamonda.
O'qisin uhlab qoguncha.
Yo'q bular o'qimaydi.
Kayf qilar tong otguncha. biggrin

Hazllashdim do'stlarim.
Hazl erur hammasi.
Shunaqa zamikayna.
Janob-prikol kallasi.

Shunday imkon borida.
O'qing imkon boricha.
Yarab halqning koriga.
Nur bo'ling ochib darcha.

Muallif: janob-prikol 2014 y
Baxo bering:
Просмотров:255 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
KITOB
Tushimga kiribdi bir kuni kitob.
Haddan ziyod xarob ahvoli.
Yuzida ming faryod, aylardi xitob.
Dimog'im bo'g'ardi uni savoli.

-Endi meni keragim yo'qmi?
Nega uloqtirding meni jovonga?
Aqldan shunchalik ko'ngillar to'qmi?
Keragim qolmadimi? endi zamonga.

Xechkim o'qimaydi, yozadigan ko'p.
Planshet a'lodur, alifboyimdan.
Meni yirtib... noxot soladigan ko'p.
Xechkim olib qo"ymas ... sigir poyidan.

Ho'p dedim, chidadim, o'qimay qo'yding.
Sabirim qolmadi zarra toqatga.
Qog'oz yuragimni olovda so'yding.
Ishlatib yubording xojatga.

Kitoblari qolgan kutubxonani.
Majburan obuna bo'lar o'quvchi.
Asrlab asragan asarlarimni.
Xaridori faqat, pista sotuvchi.

Telefonni yaratish uchun.
Mendan to'plangandi barcha ma'lumot...
Shu yerga kelganda yetmadi kuchim.
Shu so'zga dod soldi butun koinot.....

Muallif; janob-prikol 2014
Baxo bering:
Просмотров:894 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
SOG'INMAY QO'YDIM...
Ayriliq sababi rashk bo'lgan.
Sog'inchga sabrimni tutganman.
Hijronlar vaqt o'tib hal bo'lgan.
Men seni sog'inmay qo'yganman.

Armonni o'rgatgan azizam.
Ko'zingda o'zgani ko'rganman.
Hayoldan qo'ymagan bo'lsam ham.
Men seni sog'inmay qo'yganman.

Avvalar sen uchun o'lardim.
Bugun bu so'zimdan qaytganman.
Sog'insam oldinga borardim.
Bormadim...., sog'inmay qo'yganman.

G'ururim yengidi sevgimni.
Yolg'on so'zlaringdan to'yganman.
Topib ham bo'lganman tengimni.
Men seni sog'inmay qo'yganman.

Bevafo xiyonat qilding sen.
Ilk bora bir seni suyganman.
Seni bilmadim-ku, lekin men.
Umuman sog'inmay qo'yganman.

Bas qilgin tinchimni buzishni.
Qo'ng'iroq qilmagin to'yganman.
Bas qilgin ustimdan kulishni.
Men seni sog'inmay qo'yganman.

Muallif: janob-prikol
Baxo bering:
Просмотров:184 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Севгига дард қўшиб куйлаганимда,
Кўнглим сендалигин сезиб яшайсан.
Тунлари яширин йиғлаганимда,
Биламан, сен мени севиб яшайсан.

Балки ўладирман сендан аввалроқ,
Келмасанг майлига ёдингга олиб.
Уйғонишимга халал берсада тупроқ,
Севаман тупроқлар остида қолиб.

Бахорлар ўтади, ўтади йиллар,
Қалбингга бир ҳузур топади йиллар.
Ўшанда бизлардан қолса кўнгиллар,
Севаман тупроқлар остида қолиб.

Қабристон ичида кутиб яшайман,
Гоҳида бориб тур онамни олиб.
Мен билан сухбат қур соатлаб қолиб,
Севаман тупроқлар остида қолиб.

Йўлдош Ишқий.
Baxo bering:
Просмотров:253 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Xislarim ichimga yutib yashayman.
Yuragimdan chiqmaydi oh-voh.
Lek sensiz qandayin baxtli yashay man?
Sensiz yashamoqlik emasmi gunox?

Janob-prikol
Baxo bering:
Просмотров:199 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
ЎРИНБОЙ ШЕРҒОЗИЕВИЧ РАҲМОНОВ (1910-1980 йиллар)

Ўринбой Раҳмоновнинг (Айнил Қамар) шеърларидан намуналар.

Бевақт вафот этган катта ўғлим Раҳмонжонга бағишлайман.
РАҲМОНЖОН №1 (Дугох 5 инжи)
Оҳ!!! Ким қилди фалак, сиз жону-жонимдан жудо,
Кўз қувончиқ дилни тори меҳрибонимдан жудо.
Оҳ!.. нечук чоғ эрди ул шомий чироғимдан жудо,
Айрилиқ этмиш эзиб гул ғунчалоғимдан жудо.

Ота-онанг ҳам ором топмиш эди бўлсанг омон,
Дарду ҳижрон қўймади пушти-панохимдан жудо.
Бўлди меҳмон Раҳмонжон жонини айлаб армуғон,
Мен ўлсам кошки гул бўталоғимдан бўлмай жудо.
Ўринбой Раҳмонов, Ўш шаҳри, Қирғизистон
Baxo bering:
Просмотров:445  | | Комментарии (0)

 
 
8-mart tabrik.

Eng go'zal insonsiz xayotimdagi.
O'zgani "go'zalim" deganim yolg'on.
Yagona Malikam saroyimdagi.
Bayramingiz bilan onajon.

Onamdek mehribon munisa opam.
Yoshligim eslayman sizni har ko'rsam.
Sizdek vafodormas, menga soyam ham.
Muborak bo'lsin sizga ham bayram.

Ro'moling uchiga tugma bo'layin.
Dunyoda sen bilan mag'rurdir dilim.
Sening shaning uchun mayli o'layin.
Bayraming muborak mehribon singlim.

Men o'zimni kechirolmayman.
To'kilsa sochingni yarim tolasi.
Qochib ham o'zingdan berkinolmayman.
Bayraming bilan, onasi...

Onamga o'xshaydi ko'zlaring sani.
Osmonimdagi yolg'iz yulduzim.
Oppog'im, chiccoyim, shirinim mani.
Bayraming bilan qizim.

Eslamay deyman-u, so'raydi yurak.
Azobim o'zingsan, armonli dilim..
Sen mendan baxtliroq, yashashing kerak.
Bayraming bilan... Ilk muhabbatim...

Meni sotib ketding eng og'ir damda.
Yordaminga yurak bo'lganda tashna.
Erkaklik qilmading yigit bo'lsang-da.
Bu bayram sen uchun, qutlayman oshna.

04.03.2014

Muallif: Janob-prikol
Baxo bering:
Просмотров:298 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Yigit tong bo‘zara boshlashi bilan bozorga oshiqdi. Havo sovuq: bahorga o‘xshamaydi. U bozorga oshiqdi. Bayramga har doimgidek atirgul emas, lola sotib olishga qaror qildi. Bozor darvozasi yaqinida bir chelak chiroyli gul turardi. Lolalar!
— Kim sotyapti? — so‘radi yigit yaqinroq borib.
— Hozir keladi, — dedi sut-qatiq sotayotgan kampir.
Yigitning yonida bir qariya turardi. Uning nimasidir yigitni o‘ziga jalb qildi. Cholning egnida eski urfdagi plash bor edi: hamma yog‘i tikilib, yamoq bo‘lib ketgan. Shimi ham eski, lekin yaxshilab dazmollangan. Poyabzali yaxshilab moylanganidan yaltirab tursa-da, ancha yil xizmat qilgani bilinib turardi. Qariyaning yuzini ajin bosgan, biroq ko‘zlarida qandaydir mag‘rur ifoda bor edi. Bechora sovuqdan ko‘karib ketgandi. Shunga qaramay, gul sotuvchining kelishini kutardi. Yigitning unga rahmi keldi. Sinchiklab razm solgach, cholning piyonista emasligini, shunchaki ko‘p qiyinchilik ko‘rganini, g‘aribligidan uyalayotganini tushundi.
Gul sotuvchi ayol chelakka yaqinlashdi. Chol botinmay bir qadam tashladi. Yigit ham.
— Qizim, bir dona lola qancha turadi?
— Yo‘qol bu yerdan, yaramas chol, sadaqa so‘ramoqchimisan, yo‘qol, — baqirdi gulchi xotin.
— Menga bitta lola kerak, qancha turadi?
Yigit cholning ko‘zlari yoshlanganini ko‘rdi.
— Bittasi?! Sen bilan pachakilashib o‘tiramanmi? Yo‘qol!
— Sen baqirmasdan, guling qancha turishini ayt, — dedi chol sekin.
— Donasi besh yuz so‘m, — dedi xotin kinoya bilan.
Chol cho‘ntagidan ikkita ikki yuz so‘mlik chiqardi.
— Menda to‘rt yuz so‘m bor, balki to‘rt yuz so‘mga berarsan? — so‘radi chol qimtinib.
Yigit cholning ko‘zlarida shu paytgacha birorta erkakning ko‘zida ko‘rmagan alam va og‘riqni payqadi.
— Yaxshi, hozir, — gulchi xotin mazaxomuz hiringlab, chelagidan bir dona lola oldi. Gul shoxchasi o‘rtasidan singandi. Chol lolani olib, uni to‘g‘rilashga urindi. Ammo gul o‘jarlik bilan pastga egilardi... Qariya qo‘lida singan lolani tutgancha yig‘lardi.
— Menga qara, nima qilyapsan?! — yigit o‘zini vazmin tutishga urinsa-da, chidolmay baqirdi.
Gulchi xotin birpasda kichrayib qolgandek bo‘ldi, ko‘zlarida qo‘rquv bilan indamay yigitga qarab turaverdi.
— To‘xtang, — yigit cholning yengidan tutdi. — O‘v ahmoq xotin! Bir chelagi qancha turadi?! Javob ber!
— E... a...
— Sendan so‘rayapman, bir chelagi qancha turadi?!
— 30 ming bo‘lsa kerak...
Yigit cho‘ntagidan bir dasta pul olib, gulchi xotinning oyog‘i tagiga tashladi. So‘ng chelakdagi lolalarni olib, cholga tutqazdi. Qariya bu tuhfani bosh chayqab rad etarkan, unsiz yig‘lardi. Yigitning ko‘zlarida ham yosh qalqib chiqqandi.
— Yuring, — yigit bir qo‘li bilan lolalarni ushlab, bir qo‘li bilan uning qo‘lidan tortdi. U shirinliklar sotiladigan rastaga qarab yurdi. Ixchamgina chiroyli bezatilgan tort sotib oldi-da, cholga o‘girildi.
— Menga qarang, ota, mening pulim bor. Bu o‘ttiz ming cho‘ntagimga zarar qilmaydi, siz esa singan lolangiz bilan xotiningizning yoniga borishingiz yaxshi emas, axir bugun sakkizinchi mart-ku! Manavi gullarni, tortni olib boring, mening nomimdan ham tabriklab qo‘ying.
Cholning ko‘zlaridan duvillab yosh oqa boshladi. Lablari titrardi. Yigit ortiq bu manzaraga qarab turolmasdi. U qo‘lidagilarni cholga tiqishtirib, ko‘zlarini kafti bilan artdi-da, tez-tez nari keta boshladi. Oshiqib ketib borarkan, ortidan cholning past, dardchil ovozda gapirgan gaplarini aniq eshitdi:
— Biz... 50 yildan beri birgamiz... U kasal bo‘lib qolgan... Bugun sovg‘a bergim kelgandi...
Baxo bering:
Просмотров:252 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
8-mart haqida she'rlar

8- mart ekan bugun.
Tezda pul topish kerak.
Rasxodni o'ylasam agar.
Ortga tortmoqda yurak.

Sovg'a olmasang yana.
Xamma o'la demedimi?
Baxorda bayram nima?
Exx kuzda bo'medimi?

Hudo bermasa qiyin.
Kamroqda bizni boylik.
Cho'ntakda yo'q bir tigin.
Chiqmadi hali oylik.

Tong saxarda turdimda.
Bor pulimi yig'dimda.
Asta uydan chiqvoldim.
To'g'ri bozorga bordim.

Narxlarni ko'rib rosti.
Miyyam qisib qolyapti.
Odamlarga xayronsan.
Qaysi pulga olyapti?

Chaqib yurib semichka.
Sotib oldim sepuchka.
Tillaga o'xshar ishon.
Narxi xam ancha arzon.

O'ratib bantik bilan.
Oldim plasmass gul ham.
Duxi olmoqchi edim.
"Tugeman" dedi pul ham.

Ko'chadagi odamga.
Uyat uni ko'rsatish.
Narxidan ko'ra ancha.
Qimmat bo'ldi o'ratish.

Xotin aka soddada.
Ishondi bir marttada.
To'g'risiyam sepuchka.
Tillaga o'xshardi-da

-Soxtaku: desa qo'shnim.
- Tilla deb urushibdi.
Rangi o'chib ketsa ham.
Hamon taqib yuribdi.
Baxo bering:
Просмотров:274 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
[b]Mana, yana senga keldim yuzma-yuz,
Munis ko'zlaringda hamon o'sha zeb.
Ko'zlarimga boqib so'rading beso'z,
-Mensiz qanday qilib yashayapsiz deb.

Baxtliman, ko'ksimda havas bir talay,
Ba'zan yozishimni aytmaganda she'r.
Nega o'ksinayin, qara, harqalay,
Boshida ko'tarib turibdi-ku yer.

Bejizmas hilolning yuzdagi dog'i,
Tunlar u dardlarim yelkalayapti.
Kunduzlar ko'zlaring sog'ingan chog'im,
Ko'kda quyosh meni erkalayapti.

O'ylaysan, hayotdan bo'lganman judo,
O'ylaysan, dunyoning kuyukligiman.
Axir sevganiga dard berar Xudo,
Sensiz ham Xudoning suyukligiman.

Ketaver, sensiz ham yashayveraman,
Sensiz ham kun botar, yorishar nahor.
Oltin kuz xazonin yoqar sensiz ham,
Sensiz ham gul ochib keladi bahor.

Ket endi, etmagin qonimga tashna,
Alvido yo'limga tutashmagan yo'l.
Yashasang mendan-da baxtliroq yasha,
Agar o'lar bo'lsang mendan keyin o'l.
Baxo bering:
Просмотров:253 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Surnaylar chalinar, do'stlarim
hurram.
Sana'tkorlar to'lgan uyimga.
Bo'g'zim bo'g'ilar qiladi alam.
Dabdaba shartmikan motam
kunimga.

To'yxona to'rida o'zga yor bilan.
Ming afsus armonda o'tiribman
men.
Yurakda muzim-u yuzda qor
bilan.
Uch kishini o'ldiribman men.

Bugun kelin bo'lib o'tirgan dilbar.
Bilmaydi jasadga erga tekkanin.
Qalbimni ayamay azobda o'rtar.
O'ylamay aytilgan sho'r
va'dalarim.

Senda ayib yo'q, u ham ayibsiz.
Men o'zim jallodman hammamiz
uchun.
Rozi bo'lsin uchun ota-onamiz.
Endi umrimizda harkun qorakun.

Bugun to'yim emas- xayot
vayrona.
Qilmishga yarasha
jazolanyapman.
O'qilgan be o'xshov nikoxdan
ko'ra.
Janozam o'qilsa bo'lmasmidi-a?

Kuyovlik libosim kafanlik kabi.
Chimildiq men uchun qabriston
endi.

Xurmat bilan janob-prikol.
25.09.2014
Baxo bering:
Просмотров:298 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
O'zbekoyim...

O'qishda kursdoshim Oydin
ustidan.
Kulishdi birnechta shaxarlik
g'alcha.
Yupka kiyip kepti shimni ustidan.
Sapogi o'ziga kattamush ancha.

Shaxarlik qizlarga savollarim bor.
Javob berib ko'ring kelmasa
malol.
Saxarda ko'chaga suvlarni sepib.
Dalaga chiqqanmisiz, boqish
uchun mol.

Tandir oqarishi siz uchun nima?
Non yopkanmisiz xo'roz
uyg'onmay.
Sandalda qo'lizga ovolib igna.
Do'ppi tikkanmisiz sham
yorug'ida?

Sholi ekkanmisiz kurmagin o'tab.
Poxol yig'ganmisiz sholipoyadan?
Maktabdan uyalib javoblar so'rab.
Qurt tutib boqtizmi pillaxonadan?

O'tin terganmisiz ukangiz bilan?
Makka sitkanmisiz tovuqlar
uchun.
Nozik barmoqlarga kiriblar tikan.
Paxta chuvdingizmi? Toki yarim
tun.

Agat chopganmisiz yagana qilib.
Kovush olganmisiz paxtalar terib.
Shu ishlarni qilgan qizlarni.
Atarlar xaqiqiy o'zbekoyim deb.

Sizkim kim bo'psizki ular ustidan.
Kula olmaydi Madonnasi ham.
Janob-prikol 19.03.2012
Baxo bering:
Просмотров:311 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
YAXSHIMAN...
"Yaxshimisiz?" Deganingda sen.
"Yo'q yomonman!" degim keladi.
Xajringda xar kuni o'lgan
yurakni.
Senga atab bergim keladi.

"Yaxshimisiz?" deganingda sen...
Alamdan, ajabdan kulib
yuborgum.
Sensizlik xar laxza jonimni olar.
Shu kunda qandayin yaxshi
bo'lolgum?

"Yaxshmisiz?" deganingda sen.
Faryod solgim kelar yurakni
mushtlab.
Hol so'rashing xaqoratga teng.
"YAXSHI" deyman, zo'rg'a,
amallab.

"Yaxshimisiz?" deganingda sen.
Bor dardimni aytgim keladi.
Harob bo'ldim sendan kegin
men.
Yana senga qaytgim keladi.

Janob-prikol 02.08.2014 y.
Baxo bering:
Просмотров:252 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Qo'rg'onimni farishtalar qo'riqlaydi,
Yurak daydi sabolarga yo'liqmaydi.
Sabr degan baxt beradi, yorliqlaydi,
Bilmaysizda, men Ollohga suyukliman...
Baxo bering:
Просмотров:285 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Menga farqi qolmagan.
Nimalar deyishi ortimdagi til.
Kim men bilan, kimlar begona.
Endi menga hammasi bir xil.

Janob-prikol
Baxo bering:
Просмотров:247 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Ko'z yoshingni artolmayman.
Men kettim, qaytolmayman.
Seni orzuyingdagi odamga o'xsholmayman.

Manga xiyonat qilgan.
Qizga stoyka turmiman.
Bog'larda xarpga o'xshab.
Sumkeni ko'tarib yurmiman.

Yo'qol yurak furush,
Bozorini bersin.
Tashab ketish qo'lingdan kegan.
Unutish xam kesin.

To'gri sanga gul tutib.
Kafega kirmaganman.
Za to man sanga o'xshab.
Xiyonat qimaganman.

Birinchi sevgim eding.
Nega xiyonat qilding.
Halixam sevaman deb.
Kecha yaramni tilding.

Na o'zing baxtli bo'lding.
Va mani baxtsiz qilding.
Sevgi UNUTILMAYDI.
Afsus buni kech bilding.

Hatolarim xam bo'lgan.
Javobini san to'la.
O'lganing yaxshi edi.
Bu xiyonatdan ko'ra.

Menga etgan gaplaring.
Boshqasiga xam aytding.
Mani tirik o'ldirib.
Ayt yana nega qaytding.

Endi bizni orzular.
Aylanga armonlarga.
Bebaxo ilk muhabbat.
Teng bo'ldi samonlarga.

O'zing tuzgan o'yinda.
Naxot o'zing yutqazding.
Osmonimizdan baxtni.
Faqat o'zing ketkazding.

Sog'inaman san xaqsan.
Tunlari uxlolmiman.
Uzur bevafo yorim.
Boshqa gap yozolmiman.


Janob-prikol ijodi
Baxo bering:
Просмотров:325 janob-prikol | | Комментарии (1)

 
 
Cho'qinmayman... Qolgin demayman.
Hoxlaseng shu... O' zgarmayman xam.
Baxonam tayyor keksalar aytgan.
Dunyo asli yaralgan bir kam.!!!.
Bosh egmayman yurak amriga.
Qo'l siltayman muhabbatga xam.
Tan berasan ko'nglim sabriga.
Ey sochlari oltin rang sanam.

Qarab kutmaganman yo'linga.
Gullar tutmaganman qo'linga.
Ojizlik bo'ldimi ey axmoq.
Sevib qaraganim konglinga.

Xato, kamchiligim sanab charchama.
Azob beraver azobing bir pul.
Ortimdan g'iybatim chaynab
charchama.
Menga o'zing birpul, sarobing birpul.

Kechirgandim xiyonatingni.
Kutgan edim diyonatingni.
Endi borib yangi yoringa.
Qilavergin siyosatingni.

Mag'rurlikda tengsiz bo'laman.
Yurak menga bo'lmas muammo.
Men umuman boshqa bolaman.
Idealman shubxa yoq aslo...

Mendan qolgan bo'salaringni.
O'tkaza qol o'zing topganga.
Aslo qayta taqillatmayman.
Nigoximga eshik yopganga.

Teng qilmagin meni iltimos.
Qayerdagi shilta bollarga.
Men shunchaki yashayman xalos.
Armon bo'lib ko'ngli torlarga.

Kurashaman yurakka qarshi.
Cho'qingandan shunisi yaxshi.
Xotiralar ashshaddiy dushman.
Seni o'ylamayman o'zgani quchsam.

Mayli xolatimdan nodonlar kulsa.
So'ngi qarorimni mana aytaman.
Mendan yaxshirogi agar topilsa.
Man o'zimni osib.........., o'laman.

Uzur yoqmasa... Egasini topadi.
Xurmat bilan janob-prikol 3. 03. 2013
Baxo bering:
Просмотров:286 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 

Salom berdik hammaga.
Fikr keldi kallaga.
Ko'p xabarlar yozamiz.
Polniy gazni bosamiz.

Kecha ummon saytimizda.
Rosa mehmon bo'libdi.
Biz yo'q paytimizda.
Uni xamma ko'ribdi.

Ex ummonni qo'yilar.
Mana mandan so'relar.
Piyoda yurib toldim.
Mashina sotib oldim.

Zaparojest markasi.
Yangidek sostayannasi.
Qulayligi juda zo'r.
Ishonmaseng xaydab ko'r.

Oldi kapotkayam olseng.
6 ta odam ketadi.
5 ta benzin quyvoseng.
2 oyga yetadi.

Eshigi xam 4 ta emas.
Zamo'k qo'yib yurmesan.
Bitta gazni bossam bas.
Tutunda yo'l ko'rmesan.

Maqtab yubordim juda.
Kamchiligi bor aytaman.
Svetlari yonmidi.
Shomda uyga qaytaman. (Kechasi minib bolmidi)

Ex mashinam bo'lsa xam.
Qizlar menga qaramas.
Markasi parot qilar.
"Zaparojest" yaramas.

Moykaga olib borsam.
Xech biri yuvishmedi.
Qo'shnilarni ko'zda nam.
Achinar, kulishmedi.

Onam aytar ming kuyib.
- Bolajonim sot buni...
Tarillab tegdi jonga.
Ovozi o'chsin shuni.

-Nima qilay onajon.
Zapam menga yordek gap.
Agar chiqsa qizlarjon.
Yurmay qo'yar arazlab.

Endi mana qor erisa.
Minib Toshkent kezaman.
Kelin bolani topib.
Zapaga o'tqizaman.

Xom hayolga xom bodring.
Aldamadim, yarmi chin.
Bugun do'stlar bir
Kuling.
Dushmanlar hasad qilsin.
///////////////////////////
Baxo bering:
Просмотров:420 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Qani do'stlar kelilar.
Mana mandan sorelar.
Yuribman sochim gellab.
So'kinib hammani senlab.

Kecha bo'ldi uchrashuv.
Bitta go'zal qiz bilan.
Vot toooo'grisini etsam.
Bir yalpoq qirgiz bilan.

Drujbalar tashodik.
Agentda tanishodik.
Strelka ham bervordim.
Kecha yoniga bordim.

"Jaqib qalding mena" der.
Yo'qdek ko'zini suzib.:D
Gox kekirib qoyadi.
Nozik konglimi buzib.

Jart-Jart qilib goxida.
Asabimga tegadi....
Yana go'yo uyatib.
Yalpoq boshin egadi.

Agentidagi rasmi.
Kareyslarki ekanda.
Zo'ntik tutvogim kelar.
Bu qizcha gapirganda.

VOHHH-voh buni hidi ham.
Daje gripga malham.
Protivagaz kiyardim.
Agar avvalroq bilsam.

Taqdir ekan uchrashdim.
Tashlab ketsam noqulay.
Vertalyotga o'xshagan.
Figurengdan aylanay.

Qani endi shu damda.
Kimdur qo'ngiroq qilsa.
Lablarida pamada.
Xushdan ketaman o'psa....

Hazllashdim dostlarim.
U ham Hudo bandasi.
Ishonmangiz so'zlarim.
Xazl erur xammasi.

//////////////////
Baxo bering:
Просмотров:275 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Iqror!

Men qotilman hech kim bilmaydi,
Bu aybimni yashirib tuydim,
O'lgan ishqa qabr bulmaydi,
Men sevgimni o'ldirib quydim.

Nima qilib quydim ko'ringlar,
Orzularim ko'zlarin o'ydim,
Men qotilman bilib quyinglar,
Men sevgimni o'ldirib quydim.

Men baxtkesar qo'lda qaychiman,
Men baxtto'sar yo'lda ovchiman,
Men eng xafli jinoyatchiman,
Men sevgimni o'ldirib quydim.

Alvastido'st nafsim-yalmog'iz,
Ajdar og'zi yutgan o'ljasan,
Uvolinga qoldimku esiz,
Tug'ulmagan farzandimniman.

O'tga tawlab sho'rlik yurakni,
Qonga buyab quvonchkuylakni,
Tashlab ketdim guldek malakni,
Ko'rmaysimi mendey tentakni,
Men sevgimni o'ldirib quydim.

Ishqa maxbus qo'llarim kishand,
Ravo ko'rdim unga o'limni,
Kafanlika topolmay mato,
O'rab kumdim oppoq ko'nglimni.

Men sevgimni o'ldirib quydim,
Pusaymonko'l hanjarida qon,
Qabrtoshga ismingni o'ydim,
Men adashdim kechir sevgijon!

Muallif: Ahad Qayum
Baxo bering:
Просмотров:239 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Ko'rganimda tushlar bezovta,
Hatto hayollarim tinchlik bermaydi,
Osoyishta tunlarim hatto,
Seni seviwimni takror so'zlaydi,

Pinhon ekan dilda bu tuygu,
Orzularim nechun tinmaydi,
Hayollarim oģushida mast,
Yana senla yurak yashaydi,


Muallif: Mahbubim. (whatsapdan kelgan she'r)
Baxo bering:
Просмотров:312 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Sizga savol ey mehribonim!
Sevgi yo'q desalar ishonarmidiz?!,
Hayot sinovlari bunchalar qiyin,
Kimni sevardizu kimdan ayrildiz,?

Sevgi nima qanday his tuyĝu,
Ayrilganda o'ksinib yiĝlaganmidiz,
Sevgidan ko'zlariz ko'r bo'lib qolib,
Shu yorug' olamni ko'rmaganmidiz,?

Yomgir yogsa zorlanib qarab,
Sevgan insonizi soginganmidiz,
Shirin shirin so'zlarin eslab,
Shu hayolda ovunganmidiz..?

Muallif: Mahbubim (whatsap orqali kelgan she'r)
Baxo bering:
Просмотров:260 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Boshimga savdolar tushdi bir talay.

Janobni yuragin bir dard ezadi.
Ayting menga- qay birin tanlay.
Do'stimni sevgani, meni sevadi.
Xayron bo'lyapsizmi ushbu sherimga.
Xayotim mos dur mutloq felimga.
Xarkun qo'ng'iroq qilar telimga.
Do'stimni sevgani, meni sevadi.

Do'stinga aytib ber xammasin dersiz!
Axir do'stim baxti ado bo'ladi.
Judaxam xijolatda qoldimku, betsiz.
Do'stimni sevgani, meni sevadi.

Menku uni sevmayman aslo.
Do'stim uchun u erur tanxo.
Xammasi joyida o'xshaydi, ammo...
Do'stimni sevgani, meni sevadi.

Qizga tushuntirdim, imkonim qadar.
U aslo qaytmadi, avj oldi battar.
Do'stlikka muxabbat solmoqda xatar.
Do'stimni sevgani, meni sevadi.

Menga ko'rinmoqda dunyolari tor.
Mendek qiynalganlar yana qayda bor.
Asli aybsizman, lekin aybdor.
Do'stimni sevgani, meni sevadi.

Ularni shu yozda to'yi bo'ladi.
Do'stimni sevgani, meni sevadi.

(janob-prikol 25.03.2011
Baxo bering:
Просмотров:284 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
O'zga yorga ketding yor bo'lib.

Balki kulib, balkim zor bo'lib.
Xijronlardan ming bezor bo'lib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.
Xayotda bir umr xayolga tolib.
Goxi o'tib, goxida qolib.
Sevgini lanatlab baxtimdan tonib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Lekin xotira bor, shudur muammo.
Seni eslatadi yulduzlar, samo.
Go'zal xotiralar qolgan-u ammo.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Qo'ng'iroq qilmayman raqaming terib.
Xat xam yozmading-a sen shuncha sevib.
O'zimni baxtsizlik, qo'liga berib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Yirtilgan surating qayta teraman.
Xar kuni tushimda seni ko'raman.
Nafratlanib, pinxon sevaman.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Dunyoda xech kimga, ishonmay qo'ydim.
Goxi el ichra kulgular bo'ldim.
Bazida shirin xayotdan to'ydim.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Yurakka nafratdan saroylar soldim.
Goxo bu xayotdan rosayam toldim.
O'zimdan emas, men sendan tondim.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Men xanuz sevaman, o'zimni erkam.
Axir menga baxtku, yashasang be kam.
Ushbu so'zlarimdan ko'zlarimda nam.
SENSIZ YASHASHLIKKA O'RGANIB QOLDIM.
Janob- prikol 29.10.2010)
Baxo bering:
Просмотров:275 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Assalomu Aleykum xurmatli INTERNET deb atalmish oqin qurbonlari.
Extimol oshirib yuborgandurman, balkim o`qin deb ataganim inson qo'li bilan yaratilgan oddiy bir kashfiyotdur.
Lekin tan olib aytishimiz kerak ushbu kashfiyot biz yoshlarni ancha o'zgartirib yubordi.

Uzbek qizlarini netdagi bexayo suratlari yetmaganidek, yigitlarini xam be nomuslik bulog'iga tortmoqda.

Ushbu she'r orqali gap nima xaqda ketayotganini bilish mushkul emas.
O'QING BAXO BERMANG- XULOSA CHIQARING.

Sizni do'stim deymi, yoki singiljon.
Sizda g'urur qolmagan, bo'lmagan vijdon.
Qilgan qilig'izdan qiynaldim yomon.
NET ga ayol bo'lib kirgan erkaklar.

Bundan ne foyda bor GAPIR BE NOMUS.
Sendanda yaxshiroq jirkanchli dayus.
Qoilman ko'tarib yuribsandа yuz.
NET ayol bo'lib kirgan erkaklar.

Ayollikka davo qilibsanda VOH.
Bilmaysanmi bu ishing gunox.
Menga xam xat yozib turishadi gox.
NETga ayol bo'lib kirgan erkaklar.

Sendan taraladi xezlik tutuni.
Be nomuslik boshinga sakrar.
Foxishadek o'tkazar tunni.
NETga ayol bo'lib kirgan erkaklar.

Buni aqlga sig'dirish qiyin.
Qandoq qizday so'zlaysan shirin.
Xayotda xam buni qilar yashirin.
NET ga ayol bo'lib kirgan erkaklar.

Extiyot bo'ling, axli erkaklar.
Ular sizni xam mumkun yetaklar.
Bularga ishonib bo'lmang ermaklar.
NETga ayol bo'lib kirgan erkaklar.

Suratga qiz rasmin qo'yib olasan.
Salom dugonam! deb blok yozasan.
Naxotki sen xam o'g'il bolasan?
Netga ayol bo'lib kirgan erkaklar.

O'zbekmisan g'ururingni bil.
Asli erkak qilgan ishni qil.
Yoki tana erkak- ayolmikan dil.
NETga xotin bo'lib kirgan erkaklar.

Sen ila orlanaman ichmoqlik choyni.
Qizi emishsan eng katta boyni.
Yaxshisi kesib yubor, ortiqcha joyni.
NETga ayol bo'lib kirgan erkaklar.
Janob-prikol 18.04.2011 y.
Baxo bering:
Просмотров:289 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Ex xayot bunchalar chigalsan nega.
Bu sinoving ortiqcha menga.
Vooxx qoil qolmadim shum taqdir senga.
Sevganimga uylandi akam.

Sevgi asli sirli bo'larmish.
Sir saqlagan edimda men xam.
Endi nima bo'ladi turmish.
Sevganimga uylandi akam.

Bu xolat men uchun juda uyatli.
Qayg'uyim bir umr, uzoq fursatli.
Ular juft bo'ldilar go'zal suvratli.
Sevganimga uylangdi akam.

To'y kunida qoldim o't aro.
Yurak yig'lar, yuzim beparvo.
Ey do'stlarim bo'ldi bu ne savdo?
Sevganimga uylandi akam.

To'y xam o'tdi uyim begona.
Shoxona qasrimda sevgim devona.
Bechora tuyg'ular daydir xar yona
Sevganimga uylandi akam.

Akam xam bilmagan qizni sevishim.
Sevgilim aytgandi menga sevishin.
Taqdir deymi? yoki qilmishim.
Sevganimga uylandi akam.

Ayting do'stlar kimda ayb bor.
Naxot bunda sevgim aybdor?
Xovliga chiqolmam, to'rt tomon devor.
Sevganimga uylandi akam.

Yaram yangilanar qarasam xar dam.
Bu savdoga berolmam chidam.
Ushbu gal vaqt azob bo'lolmas xakam.
Sevganimga uylandi akam.

Janob-prikol
Baxo bering:
Просмотров:307 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Она хакида шер керак екан, лекн илк бор каламим аклимга емас калбимга кулок солди.
Онамга...
Bu tun sog'inchimdan ko'zim bo'ldi nam.
Sherga buyurtmani yozayotgan dam.
Shungacha men xudbin eslamabmana.
Meni xayolidan qo'ymagan ONAM.

Men shoir emas sharmandadurman.
Dunyodagi eng xudbin bandadurman.
Bu boshim tik yurishga aslo noloyiq.
Asl joyim kundadadurman.

Doim duodasiz, siz panoximsiz.
Siz meni quvonchim chekkan ohimsiz.
Sevganimga yolg'izim deganim yolg'on.
Faqat o'zingiz sajdagoximsiz.

Sizdan olisdaman, qismatim ekan.
Dilim vayron- yashashim ko'rkam.
Poyimda dunyolar to'lib yotsaxam.
Qalbimda kemtiklik, boisi siz kam....

Tushimga raxmatli momom kiradi.
"qadam tashla sen onang tomon."
Onasizlar bo'zlar tunu-kun.
Tirik ayriliq undanda yomon.

Besh yil bo'ldi diydor be nasib.
Sizni yozmabmana shuncha she'r yozib.
Bugun tunda ming faryod bilan.
Yig'ladim suratiz bag'rimga bosib.

Qo'ng'iroq qilaman pul yubordim deb.
So'raysiz xolimni sog'misan bolam?
Qachon qaytasan yolg'iz o'g'lonim?
Keginroq qo'ng'iroq qilarman onam. (tuuuut-tuuuuut)

Va bo'ldi shu bilan tugaydi suxbat.
Xayotdagi nomim , janob-beshavqat.
Men o'ris qizlarga gap sotayotgan dam.
Qo'ng'iroq kutasiz bechora onam.

1- aprelda qo'ng'iroq qildim.
"eshikni oching onam men keldim".
Go'shakdan sezildi yig'layotganiz.
Men axmoq aslo o'ylamabmana.
Xar kun ko'cha boshida kutayotganiz.

Lain ushlab olibdi juft bilagimdan
Ushbu sherni yozdim chin yuragimdan.
Yurtga qaytolmasam yetkazib qo'ying.
Onamga tosh bag'ir o'g'li nomidan.

Janob-prikol 04.04.2011y.
Baxo bering:
Просмотров:339 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
BOY bo'lib ketdi yorim otasi.
Yurishi o'zgardi sevganimni xam.
Uchravshuvga gar taklif qilsam.
Sevganimga pulim yetmas,, kam...

Boyib ketdi yorim otasi.
To'lib qoldi to'rva xaltasi.
Yorim jirkib muomila qilar.
Kaminani qo'lda pattasi...

BOY bo'lib ketdi, yorim otasi.
Qo'llarida uzuklar tillo.
Gaplaridan tushunsa bular.
Biz mos emas degandek go'yo.

Boyib ketdi yorim otasi.
Buni butun shaxrimiz bilar.
Muamoni bo'ldi kattasi.
Kiyimimni xam qiz tanqid qilar.

BOY bo'lib ketdi, qizning otasi.
Oldingidek sevmaydi yorim.
Baxonalar topib urushaverar.
Tomog'imga qadaldi jonim.

BOY bo'lgach so'ng yorim otasi.
To'xtatildi bizni to'yimiz,
Yoqmaganmish qizga fatasi.
Yurtda egildi qadr bo'yimiz.
(Boshturk- yani janob-??????)

Bo'ldi endi yetar bas.
Keling endi kulelik.
Boyga kiyov kerakmas.
O'zimizni o'ylelik.

Boy bulgan bulsa agar.
Ex o'shandan nariga.
Yosh qizlar cho'nche sag'ar.
Uylanaman qariga.

Siz o'ylameng kamina.
Shundoq tashlab ketmadi.
Undan shilgan pullarim.
LASSETIGA yetmadi. (Matiz oldim)

Yana mandan qarzi bor.
Xaliyam uzilmadi.
Qulog'ingni sal qoqvol.
Kam lag'mon ilinmadi.

Maslaxatim bollaga.
Do'stlar shuni bilvoling.
Sevaman deb qo'y qilib.
Bor pulini shilvoling.

O'zimdagi yangilik.
Bori shundan iborat.
Qilib qo'yib ishimni.
Xech bo'lmiman xijolat.

Mayli dostlar sog' bo'ling.
Uchrashguncha ALVIDO
Xoxlaganizcha kuling.
Agar yoqsa mabodo.
Baxo bering:
Просмотров:266 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Ushbu she'rimizda ummonning ashaddiy muxlisi va ashaddiy ko'rolmas raqibi o'rtasidagi suxbatni ifodaladik.

Muxlis.- UMMON ZO'RDUR, YAGONA.
GURUXGA TANQID BEGONA.
Tanqidchi-- yana 1 yil yuradi,
Kegin bo'lar devona.

-NEGA SANLA KO'ROLMISAN?
PAYPOG'ICHA BO'LOLMISAN.
- qo'shiqlari tushunarsiz.
Yarim minut chidolmisan.

TUSHUNISH UCHUN QO'SHIQ.
OZGINA AQL KERAK.
- ular mikrafon tutmasin.
Ishlasin olib kurak.

-ULAR ORTGA QAYTMIDI.
YOMON QO'SHIQ AYTMIDI.
-- gaplaring paxta qo'yish.
Rost bo'lganda qaniydi!

- KO'RASAN XALI ULAR.
LONDONDA KANSERT BERAR.
-- ex qanaqa Londonda.
Dalada paxta terar

- ISHONGIN XECH BIR GURUX.
UMMONDEK BO'LOLMEDI.
- ular ongsiz axmoqku.
Muzika o'g'irledi.

- XA ENDI BO'LIB TURAR.
BIROZ KAMDA QOG'OZI. (pul)
-- eshitsam kulgim kelar.
Qo'yga o'xshar ovozi.

-OVOZI YAXSHI JUDA.
BUNDAN ORTIQ BO'LMAYDI.
-- kansert bersa shuning uchun.
O'rindiqlar to'lmaydi.

-EX ODAM DEGANI.
BO'LMAYDI BUNCHA BAXL.
-- qo'shig'ini eshitsam.
Negadur chiqar jaxl.

- ULARNI DOIM KUTAR.
RADIOLARU, TV, NET.
- intervyuda odobli.
Xayotda rosa bezbet.

-UMMON ZO'RDUR SHUNI BIL.
CHOX KAVLAMA BO'LDI QIL.
-- ularda yo'qdur talant,
Ovozlari xam bir xil.

- BUNCHA YOMON KO'RMASENG.
NAXOT QISIB YURMASENG.
-- ulargamas qo'shiq etish.
Naxotki tushunmaseng.

Muxlis:
-UMMON, YOMON DISANLA.
JOYI HAMMOM DISANLA.
BUNCHA KO'RISHOLMISAN?
EYTGIN O'ZING KIMSANLA?

UMMON VAQTNI BOY BERMA.
YOSHLIK ENG ZO'R FURSATDUR.
HOHLAGAN MUZIKENI OL.
MANA MANDAN RUXSATDUR.

Janob-prikol.
Baxo bering:
Просмотров:261 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Shukurlar qilmadim boriga.
Doim olg'a intilaverdim.
Quloq xam solmadim onam zoriga.
Men dunyoga qul bo'lgan edim.

Boylikni xoxlardim, boyib ketishni.
Unutib otam qabrin ziyoratini.
Ustasi edim, mushkul yechishni.
Unutib dinimni diyonatini.

Oqibatda asablar charchab.
Xayot yo'llarida toyilib ketdim.
O'zimcha eng ulkan cho'qqini ko'zlab.
Yolg'izlik degan, bir makonga yetdim.

Meni sevganlarni qadrini bilmay.
Meni sevmaganni qadrladim men.
Sevganimga bitta gul tutmay.
Kimlargadur, bog' yaratdim men.

Oqibatda yuragim charchab.
Hissiz xayvon tusiga kirdim.
Bir tomchidek mehrga chanqab.
Qadrdonlar qadrini bildim.

Dostlar xam ketdilar birma-bir.
Ketdilar xammasi yiroqlab.
Yolg'izlik qoldi qalin do'st bo'lib.
Qon yurakni battar qiynoqlab.

Yiroqlab ketyapman o'zimdan.
Farishtalar ketmush ko'zimdan.
Tongdan to, tungacha nasixat bermay.
Bir ma'no chiqmaydi so'zimdan.

Masxaraboz, qilaman ermak.
Kulaman, yurakda tubanlik yotar.
Aytgan gaplarimni xammasi ertak.
Menga qayerdadur burilish kerak.

Xayotdan to'ymadim, lek xayot to'ygan.
Eh bu yetim boshim ne kunni ko'rgan!
Baxtu omad menga qovog'in uyib.
Baxtsizlik ustimdan kulgani kulgan.

Tugamoqda xammasi asta.
Sabr, umid, xattoki maqsad.
Tanam sog'lomu, lekin dil xasta.
Tirikmanu go'yoki jasad.

Dardlarim bir talay mana ko'ringlar.
O'lsam men uchun tutmangiz motam.
Iltimos qabrimga yozib qo'yinglar.
"DUNYODAGI ENG BAXTSIZ ODAM.
Baxo bering:
Просмотров:827 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Sevganing tegib ketsa.
O'zgaga ko'nib ketsa.
Yana minglab qizlar bor.
Allohim sog'lik bersa.

Janob prikol
Baxo bering:
Просмотров:286 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Юрагида шамчироғи йўқ,
Ишонгани боғу роғи йўқ,
Суянайин деса, тоғи йўқ
Онасини бериб қўйганлар.

Чўкиб қолар баланд бўйлари,
Кўз ёишсиз ўтмас тўйлари,
Ҳувиллаб қолади уйлари,
Онасини бериб қўйганлар.

Хуморлари тутган паллада,
Зўрға турар жони танада,
Йиғлаб юрар пана-панада,
Онасини бериб қўйганлар

Ғам юзига иниб кетади,
«Она десанг, тиниб кетади.
Бир зарб билан синиб кетади,
Онасини бериб қўйганлар.

Илинади ошу нонини,
Бир кўришга берар жонини,
Ҳидлаб юрар тўн, рўмолини,
Онасини бериб қўйганлар.

Ўлмайдилар оналар атай
Қисматимиз шу экан нетай
Сизни қандай қилиб юпатай
Онасини бериб қўйганлар
Baxo bering:
Просмотров:325 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 

Oh bunchalar o'rtanma qalbim,
Senga taskin bera olar kim?!
Azoblardan kuymagin aslo,
Quvonish ham yaqindir balkim!

Kechir asli seni shu holga,
Solgan o'zim, gunohkor o'zim,
Axr men ham nima qilayin,
Nohaqlikdan bityapti to'zin!

Qalbim faqat sen oh chekmagin,
Sen oh cheksang, ojizdir tanim
Adolat deb kurashgum abad,
Sen tinch bo'lsang sokindir tanim!
)?-->

Oh bunchalar o'rtanma qalbim,
Senga taskin bera olar kim?!
Azoblardan kuymagin aslo,
Quvonish ham yaqindir balkim!

Kechir asli seni shu holga,
Solgan o'zim, gunohkor o'zim,
Axr men ham nima qilayin,
Nohaqlikdan bityapti to'zin!

Qalbim faqat sen oh chekmagin,
Sen oh cheksang, ojizdir tanim
Adolat deb kurashgum abad,
Sen tinch bo'lsang sokindir tanim!
Baxo bering:
Просмотров:320 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Balki siz hech qachon meni sevmassiz, Lekin uzoqlashib qayga ketaman?!
Bugun orzularning bo‘yidan mastsiz,
Men esa sevishda davom etaman!

Siniq oy har tunda tig‘ini charxlab,
Nur uchun jonimni qilganda ta’ma,
Olis-olislardan turib, erkalab
Men sizni sevishda davom etaman...

Quyosh - yer yuzining musavviridir,
Uni deb bo‘y cho‘zar dunyoi-chaman.
Nomimni toptasa qachondir, kimdir,
Shunda ham sevishda davom etaman!

Sovuq qish ortimdan etganda ta’qib,
Suv bo‘lib tog‘larga singib ketaman.
Bir kun poyingizda jilg‘adek oqib
Men sizni sevishda davom etaman!

Do‘stu-dushmanimga bildirmaymanu,
Sizning qoshingizda boshim egaman.
Sizni sevmoqlik bu - eng ajib tuyg‘u,
Siz borsiz - sevishda davom etaman!

Balki siz hech qachon sevmaysiz meni,
Sizdan ko‘ngil uzib qayga ketaman?!
Taqdir keltirsa xam kulfat boshimga neni
MEN SIZNI SEVISHDA DAVOM ETAMAN!!!
Baxo bering:
Просмотров:361 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Kecha Allohdan baxt, boylik, tinchlik, sog'lik so'ragan edim.
Bugun do'stim Juma namoziga birga borishimni sorab keldi.
Baxo bering:
Просмотров:3890 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Dardim ochib bugun kuyladim.
Kulgi bo'ldim dushman, oshnaga.
Onam aytgan qizga uylandim.
Sen ham tegding mutloq boshqaga.

Taqdir tortdi yuzimga tarsak.
Nolimayman taqdirim shudir.
Nolimagin sen gam oh malak.
Xisob tengku, axir biru-bir.

Muallif janob prikol
Baxo bering:
Просмотров:327 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Tσρgαnimdα dσ'sтim dεgαnlαr.
Dσim birgα σsнim γεgαnlαr.
Tαsσdifαn γiqilgαn cнσg'im.
O'zidα kσ'ρ αγib dεgαnlαr.

Bαri тσsнin тεrανεrαdi.
Аllσн mαngα bεrανεrαdi.!
Baxo bering:
Просмотров:336 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Dili yo‘qning puli bor,
Puli yo‘qning dili bor,
Bu dunyoda do‘stlarim,
Har kimning o‘z yo‘li bor.

Oshiqqa may kerakdir,
Hofizga nay kerakdir,
Mayli yarim bo‘lsa ham,
Osmonga oy kerakdir

Dononing naqli bordir,
Oqilning aqli bordir,
Besabab otmaydilar,
Toshning ham narxi bordir

. Yozda ham qorni ko‘rdim,
Masjidda dorni ko‘rdim,
Sovuq demang tog‘larni,
Ichida g‘orni ko‘rdim

. Bozorni shayton qurdi,
Mozorni iymon qurdi,
O‘z qabrini qazganni,
Ayting do‘stlar kim ko‘rdi.
Baxo bering:
Просмотров:288 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Mashxurlardan iltimosimiz bor...
-Xurmatli Adidas firmasi o'z brendingiz ostida musulmon yigitlar uchun "adidas" doppilarini ishlab chiqsangiz.
-Xurmatli GUCCI raxnamolari Gucci ro'mollarini qachon sotuvga CHIQARASIZ?
-DUNYONING BARCHA telefon ishlab chiqaruvchi firmalari iltimos barcha madellaringizni namoz paytida avtomatik o'chib qoladigan Qilsangiz.
-Xurmatli FIFA rahbariyati azon vaqtida o'yinni to'xtatib tursangiZ.
-Dunyoga mashhur Macdons oshpazlari iltimos taomlarga cho'chqa go'shtini solmang.
-Xurmatli ozodlik radiosi ish faoliyatingizni yakunlasangiZ.
- Islomiy davlat deb yurgan kofirlar iltimos Islomiy deb atamang o'zingizni. Musulmonlar sizlardan xazar qiladi.
Baxo bering:
Просмотров:331 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Sizni doim qizg'onaman armonlardan
Garchi o'zim armoningiz bo'lib turib
Biz charchadik o'shal shirin aldovlardan
U charchamas mening yurak bag'rim tilib

Ishonmayman qaxri qattiq yolg'onlarga
Kelsa nozik muxabbatga hanjar urib
Tan bermayman o'tar-ketar xijronlarga
Sevgingizga ozor bersa gunoh qilib

Firoqlarda dilingizga yetsa alam
Ishq haqida hayolingiz gumon bo'lib
Sizni qanday unutayin olisginam
Siymoyingiz YURAGIMga chizib qo'yib
Baxo bering:
Просмотров:276 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Jilmayib turasiz tikilib tursam,
Shirin so'zlar bilan aldayverasiz,
Bilaman bir qadam uzoqroq ketsam,
O'zga bir go'zalni izlayverasiz

Arazlab qolasiz gar kelmay qolsam,
Jilmayib turaman koyiyverasiz,
Boshim egib qo'ysa ko'zimdagi nam,
Siz esa beparvo kulaverasiz,

Ayriliq qasdida yashayman yig'lab,
Siz buni bilmasdan yashayverasiz,
Bir kuni bir kam dunyodan o'tsam,
Bilaman o'zga birovni izlayverasiz,

Tilda bo'lmasa ham, dilda nomimni
Har lahzada takror aytaaverasiz,
She'rlaring kerakmas deysiz-u, bir kun,
She'rlarim bahona yig'layverasiz,

Sizni sevishimni bir kunmas bir kun,
Dardli ko'zlarimdan bilib olasiz,
O'shanda ko'zimga tikilmang mahzun,
Bo'lmasa chin dildan sevib qolasiz...
Baxo bering:
Просмотров:350 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
 
Me’yoridan o‘tsam tuting ma’nzur, jonim,
Man qizg‘onsam nodon bo‘lib qizg‘onaman.
Guldekkina ko‘nglingizdan uzr, jonim,
Man qizg‘onsam tikon bo‘lib qizg‘onaman.

Holim bordir siz o‘zgaga bir boqqulik,
Arazim-da dunyolarga o‘t yoqqulik.
Alamlarni tilga qamab, lab tishlasam –
Tishlarimning orasidan qon oqqulik,
Man qizg‘onsam yomon bo‘lib qizg‘onaman.

Oydin tushga do‘nganim bor uyqungizda,
Binafshalar terganim bor kulgungizda.
Dil darchasin sizga ochib qo‘ydim qanday,
Qanday paydo bo‘ldim yurak mulkingizda?
Man qizg‘onsam hayron bo‘lib qizg‘onaman.

Hijronlar-ey, jonim aro jon saqlaydi,
Yo‘limizni ikki yonga taroqlaydi.
Siz og‘rinmang, shu kuydirgi rashkimni ham
Bir kun kelib sog‘inchingiz so‘roqlaydi…
Man qizg‘onsam armon bo‘lib qizg‘onaman.

Guldekkina ko‘nglingizdan uzr, jonim,
Man qizg‘onsam tikon bo‘lib qizg‘onaman…
Baxo bering:
Просмотров:321 janob-prikol | | Комментарии (0)

 
1-50 51-100 101-150 151-171