- Ish kasb hunar haqida statuslar - SHERLAR STATUSLAR AFORIZMLAR SEVGI HAQIDA SHERLAR TO'PLAMI - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » Статьи » Ish kasb hunar haqida statuslar

Ko'rishaylik deysan har safar
Ko'ngil erib qoqqanimda sim.
Ammo mening bo'ynimga qadar
To'lib ketgan kundalik ishim.

Yolg'izlikka o'zini ko'mib
Sen meni deb olovda kuygan.
Men ishqini bir yonga qo'yib
O'z ishini jonidan suygan.

Dunyo besh kun, besh odim, qadam
Aqlim raso bundan ko'nglim to'q.
Men shunchalar ishga sho'ng'idim
Xatto baxtli bo'lmoqqa vaqt yo'q.

Har tong o'sha bekat, o'sha yo'l
Bir xil tusga kirgandek olam.
Qayerdandir uzalib bir qo'l
Meni tortib ketar ishxonam.

Quyosh ufqqa bosh qo'ygani payt
Charchab uyga qaytaman oxir.
Men vaqtni deb baxtin unutgan
Beyurakman yoki toshbag'ir.

Yana o'sha bekat, o'sha yo'l!

***

Kuz xazon borliqqa yoyar isini
Mezon vaqt chiqadi uch oylik taxtga.
Men esa ko'nglimning shuvut yuzini
Bosib yig'layabman singan daraxtga.

Ruhim ham toliqdi singan daraxtday
Bu yil ham umrimning bog'i mevasiz.
Kutilib, kutilib kechikkan baxtday
O'lsam, uvvos solib yig'lab kelasiz.

Kelasiz qabrimga bahorni olib
Shunda bo'y cho'zadi singan chinorim.
Yerga ko'ksim bosib yig'lagim kelmas
Qaniydi, ko'nglingiz bo'lsa mozorim!

Adxamjon MAXSUDOV.
Категория: Ish kasb hunar haqida statuslar | Добавил: janob-prikol (12.07.2016)
Просмотров: 97 | Рейтинг: 1.6/12
Всего комментариев: 0
avatar
Хостинг от uCoz