Tarbiyaviy - TARBIYALI SAODATKI HIKOYALAR - HIKOYA VA ROMANLAR - SHERLAR STATUSLAR AFORIZMLAR SEVGI HAQIDA SHERLAR TO'PLAMI - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » Статьи » HIKOYA VA ROMANLAR » TARBIYALI SAODATKI HIKOYALAR

Tarbiyaviy
(Bir qizning tag'diridan olingan
hikoya)
- Oyi, nima qilyapsiz? Kech
böldiku
uxlamaysizmi? Soat ham uchdan
ötibdi, hozir tong otadi. Uxlay qoling, özizni qiynamang, ertaga
kun yorug'ida birgalashib tugatib
qöyamiz.
- Qizim, sen uxlayver, men hozir
bir pasda shuni tugataman-u
uxlayman. Ertalabga nonimiz qolmagan,
shuni tugatsak ertalab azonda
topshirib,
puliga 2 ta yangi kelgan
'buxanka'
non olib kelasan, xöp qizim. Singling och uxlab qoldida....
- Yöq, oyi nega, kechqurun
hammamiz
yahshi ovqatlandikku!
- Kartoshka, piyozdan qilingan
yarim kosa shörva nima ham bölardi. Öqishingiz kerak, hali
yahshi inson bölasizlar, katta
odam bölsanglar
dasturxonimiz yana tökin böladi,
ha qizim? Singlingni och uxlab
qolgani yahshi bölmadida,
uxlaganinglardan söng ikki, uch
marta uyg'onib oyi non bormi,
ozgina non bering deb söradi....
- ( Nima deyarimni bilmay qoldim,
oilada 3 kishimiz, oyim, men va singlim. U hali
maktabga ham chiqmagan, aqli
yetmaydida hali, oyimdan köp
narsa söraydi, bilmaydida biz
hamma kabi emasmiz.
Dadamning özga yurtga ishlagani ketib qaytib kelmaganini,
oyimning tunlari uxlamasdan tön
qavib chiqishlarini, bizni öylab
siqilishlarini
bilmaydida....
Bög'zimga öt qadaldi, oyim ohirgi bir necha kundan
beri tuzukroq tuz ham
tortmasdan,
uxlamasdan pul topish uchun
harakat
qilyaptilar, qani edi qölimdan kelsa yordam bera olsam.... Ötgan
kuni yig'lab ötirgan ekanlar,
qöllariga nina kirib ketibdi, bu
birinchi marta emasdi, qöllari
qavarib ketgan bu
azoblardan. Aslida, bizni öylab siqiladilar,
shu uchun yig'laydilar, garchi,
dadang
kelsalar hammasi yahshi bölib
ketadi deb bizni ovutsalarda,
özlarini özlari aldayotganliklarini biladilar, biz ham bilamiz dadam
endi
kelmaydilar, ötgan 5 yil ichida u
yerlarda
yangi oilali bölib ketibdilar. Ey
Hudo, tezroq men ham ulg'ayib oyimning og'irini yengil
qilay)....
- Singling yosh hali, uni xafa
qilma, u senga eng mehribon
inson böladi,
sizlar ham anchadan beri yahshi ovqat yemadinglar, ertalab yahshi
nonushta qilib
beraman, uxlay qol qizim....
- ( Ertalabki vaziyatni bir umr
yodimdan chiqara olmayman,
Oyim ösha ötirgan joylarida, qöllarida
nina, tizzalari ustida tönning yeng
qismi,
bir bölakkina öchay deb qolgan
sham
yorug'ida közlari ochiq bir nuqtaga
tikilib ötirgandilar,
yugurib bordim, qöllari muzdek,
etim jimirlab ketdi....
Ohirgi ayta olgan sözim shu
böldi....) - Oyi, oyijon, közizni oching. Men
tez katta qiz bölaman, faqat
iltimos, bizni tashlab ketmang....
Категория: TARBIYALI SAODATKI HIKOYALAR | Добавил: janob-prikol (25.01.2015)
Просмотров: 573 | Рейтинг: 1.9/44
Всего комментариев: 0
avatar
Хостинг от uCoz