Главная » Статьи » HIKOYA VA ROMANLAR » O'QING FAQAT YIGLAMANG [ Добавить статью ]

В категории материалов: 5
Показано материалов: 1-5
Страницы:

Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам


Meni bir ajoyib kuchigim bor edi.
U juda yoqimtoy va sho'x, doim uyimizi havfsizligi uchun birinchi o'rinda u qayg'urar edi.
Onamni aytishicha men safarga ketsam u bir necha kunlab xechnarsa yemas, to biroz yupanmagunicha hafa yurar ekan.
Meni ham unga mehrim boshqacha yani u menga eng yaqin do'stim kabi edi.
Uni ismi Tuzik

Aniq eslayman 2010 yil 25-mart kuni uyga qo'ng'iroq qildim.
Onamni tug'ilgan kuni bilan tabriklab, opam va jiyanlarim bilan miriqib suhbatlashdik.
Shu orada jiyanchamdan Tuzik yuribdimi? U bilan o'ynayapsizlarmi? Deb so'radim.
Jiyanimning javobi kayfiyatimni buzdi.
- Tuzik ketib qoldi tog'a.

Sizlarga kulgulidur, lekin men uchun bu huddi yaqinimni, eng yaqin qadrdonimni yo'qotgandek edi go'yo.
O'sha kuni negadir yig'lagim keldi.... Bo'g'zim bo'g'ilardi, qayoqqa ketadi?
Nega ketadi?

Kuzda uyga bordim. Oila azolarim hammasi kutib olishdi. Lekin kimdur kamdek go'yo.
Meni doim safardan aylanib, sakrab,hurib kutib oladigan Tuzik yo'q edi.
Oradan uch to'rt kun o'tdi, onamdan tuzik haqida so'radim.
- Bir martta jiyaninga tashlanib qoldi, qo'shnilarni tovuqlarini yeb qo'yibdi. Holengni o'g'liga aytib uzoqroq joyga tashlab kegin deb berib yubordik. Qo'y bolam tinchroq o'tiraylik...
Bu gaplarni boshqasi aytganida tuxmat degan bo'lardim chunki tuzik xechqachon yoshbolalarga tashlanmaydi, tovuq yegisi kelsa uyimizda ham tovuq bor ediku. U tovuq va qo'ylar bilan o'ynardi lekin tishlab qopimasdi.

Xikoyaning eng jumbushga keladigan joyi endi boshlanadi!

Namangan viloyatida kiyim kechak arzon degan fikrga kelgan oila azolarim bilan Namanganga yo'lga otlandik.
Yo'l tuman va sirpanchiq muzlama edi.
Juda sekin yurishga to'g'ri keldi. Amallab yetib oldik. Tong saxarda borganimiz uchun tushlik vaqtigacha bozorlik qilib bo'ldik.
Uyga qaytayotganimizda tuman tarqagan va yo'l ham ancha yaxshi holatda edi. Tezroq yani tushlikni uyda yeyishga qaror qilib tezroq yurardim.

Yo'lda ba'zi chuqurlarni xisobga olmaganda mashina qiynalmas va o'qdek uchardi. Bir payt mashina ostidan qandaydir tovush eshitildi, etibor bermadim.
Uyga keldik, tushlikdan so'ng mashinani yuvib texnik xolatini ko'rishga axd qildim.
Mashinani yuvayotganimda bir seskanib ketdim. Tuzik mashinaning ostidagi ximoya temiriga bir qo'li qisilgan xolda, loyga qorishib osilgan xolda o'lib yotardi.
Ko'zlarimga ishonmas edim. Uni chiqarib oldim, to'g'risi bu qismatga lol edim.
Men o'zimni eng sodiq do'stimni uydan haydab kegin esa uni o'ldirib qo'ydim. To'g'ri u oddiy bir it, ammo egasini aynan anashu yo'ldan o'tishini bilgan it. O'z uyiga qaytishi uchun sadoqatini isboti uchun jonini bergan jonivorim.
Uyga kirib onamga tuzik qaytib keldi derdimu lekin dimog'im bo'g'ilardi. Qiynalar edim!!!

Do'stlikni itdan o'rganing odamlar!!!

Muallif: janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Assalomu alaykum hurmatli saytimiz foydalanuvchilari.
Mana ko'rib turgan va siz sevib foydalanayotgan saytingiz bugun roppa rosa 1 yoshga to'ldi. Shu munosabat bilan. Kamina janob-prikol sizlar bilan aloqaga chiqadi.
Saytimizga siz xam sher yoki status va turli xikoyalar qoshmiqchimisiz?
Saytimiz uchun qiziqarli loixangiz yoki taklifingiz bormi?
Saytimizda moderator bolmoqchimisiz?
ZAKAZ she'r kerakmi?
Shu bilan birga oyiga 100$ evaziga psixolog va ingliz tili o'qituvchilari ni ham SAYTGA ishga olamiz.
Barcha savollarga kamina janob-prikol odmoklassnik orqali javob beradi.
Ok. Rus da janob prikol bilan bog'lanishi uchun SHUNI BOSING
Yoki odnoklassniki orqali SHoXjaxon DeXqonoV deb qidiruv bering topasiz.
Men har biringizni kutaman...

| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



U sizni xech qachon sotmaydi, tashlab ketmaydi, aldamaydi.
Hechkimga hafa qildirmaydi.
Hoxlasangiz bas, u doim siz bilan.
Sevgini Itdan o'rganing odamlar.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



..Xayot 'PIYANINO' kabidir oq va qora klavishalari bor oqlari xursandchilik omad baxt qoralari teskarisi lekin chiroyli musiqa chiqishi uchun ikkala klavishani bosishga majburmiz...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



"Ada, oyim nimaga uyg'onmayaptilar?" Jajji bolakayning savoli shundog'am siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga ötqazdida, peshonasidan öpdi. "Oying ög'lim, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab dam olishi kerak" Bolakay indamadi. 5 yoshli bolakay onasining og'ir kasalligini ancha oldin fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi körishga olib borganida, oyisi uni quchib rosa yig'lagandi. Dadasi oying tuzalib ketadi, keyin shifoxonadan javob berishadi degandi. Oyisi uyga qaytganida bola oyim tuzalibdilar deya rosa sevingandi. Öy-hayollari özidek sof murg'ak bola oyisiga boshqa sababdan javob berib yuborishganlarini bilmasdi. Har kungidek örniga yotarkan bolakay osmonga qarab qölini chözdi: "Oyimni tuzalishiga yordam ber, Xudojon" Bir necha kun ötgach tunda uyg'onib ketdi. Pildirab koridorga chiqdi. Dadasi balkonda sigaret chekib, kim b-ndir telda gaplashardi. Bolakay dadasining hamma gaplariga ham tushunmadi-yu shu gaplar orasidan operatsiya, katta pul degan jumlalarni ilg'ay oldi. Bir kinoda körgandi. Operatsiyada doktorlar kasalni ukol qiladi, keyin u tuzalib ketadi. "Oyimni ham ukol qilishsa sog'ayib ketadilar" öyladi bolakay. Örniga qaytib yotarkan osmonga qarab yana qölini chözdi: "Oyimni tuzalishiga katta pul ber, Xudojon" Bolakayning onasining ahvoli kundan-kun yomonlashib borardi. U esa buni bilmasdi. U faqat dadasining ösha kungi gaplarini öylardi: operatsiya...katta pul... Oxirgi kunlar bolani oyisining yoniga kiritmay qöyishdi. U uyiga kelib-ketayotgan köplab qarindoshlarni jimgina kuzatib ötirardi. Dadasi esa bolakayga pul tutardi: Ushla ög'lim, borib muzqaymoq olib ye... Bolakay onasining yaqinlari b-n vidolashyotganini tushunmasdi. Nihoyat uni chaqirishdi. Oyisining yoniga olib kirishdi. Közlari shishib ketgan, oppoq choyshab yopingan köyi chözilib yotgan oyisining yoniga keldi. -Kel shirinim,- oyisining hasta ovozi eshitildi,- aqlli bola bölyapsanmi bog'chada? -Ha, oyijon. -Yaxshi özimni toychog'im... -Oyi, endi tuzalib ketasizmi? -Hm...,-oyisi yig'lab yubordi. -Menga yana ertak aytib berasizmi? -Hm... -Sizni yaxshi köraman... Eh, bolakay... Oyisi b-n shunday sönggi marta gaplashib turganligini qayerdan ham bilardi u. Bog'chadan kelganida uyidagi odamlarning köpligidan hayron qoldi. Hamma bolakayni körib köziga yosh olardi. "Ada oyim uyg'ondilarmi?", dadasining yoniga kelib söradi u. Dadasi chökkalab ötirib ög'lining közlariga boqdi: "Oying endi uyg'onmaydi bolam,- keyin ög'lini quchdi,- oying bizni tashlab ketdi. Ög'il yaxshi tushunmadi, kissasini shoshib kovladi-yu bir siqim buklanib ketgan pullarni chiqardi: "Ada, doktorlarga ayting, oyimni ukol qilishsin, oyim tuzalib ketsa böldi, men bitta ham muzqaymoq yemayman, faqat ayting ada, oyimni tuzatib berishsin...." Ög'ilning peshonasidan öparkan dadasining köz yoshlari uning yuziga tomchiladi... Onasini kömishdi. Tun chökkach örniga yotarkan bolakay osmonga qölini chözdi: Iltimos, oyimni menga qaytarib ber, Xudojon...
( Avtor: Ayubov Zarif)
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0