- SHERLAR OLAMI - FOYDALANUVCHILAR IJODIDAN - SHERLAR STATUSLAR AFORIZMLAR SEVGI HAQIDA SHERLAR TO'PLAMI - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » Статьи » FOYDALANUVCHILAR IJODIDAN » SHERLAR OLAMI

Tong hali yuzini yuvmasdan burun
Xo'roz ulgurmasdan qoqib qanotin
Eng shirin tushlarni o'ldirib
Jiringlab uyg'otar qora soatim..

Yangi kun boshlayman, yangi maqsadim
Sharqqa salom berib, g'arbga egilib
Shunday o'taverar xamal-asadim.
Men yashayveraman ko'kka intilib.

Kechagi hayollar ro'yodan chiqdi
Kechagi orzular, bugunga maqsad.
Hech biri bo'lmasdi U va soatim,
Uyg'otib qo'ymasa, ko'p-ko'p uxlasam...

Neniki istadim erishdim shukr,
Faqat bir tilagim chala, nuragan
Sevishni istayman, ishq bo'lsa butun
Lek yurak ming yildan beri uxlagan.

Shunday yashab o'tdim, uyg'onib har tong
To'rt devor xonamdan yolg'izlik terdim,
Ey meni uyg'otish unutmagan zot,
Tosh qotgan dilni ham uyg'otib bergin...

Aziz Nur
Категория: SHERLAR OLAMI | Добавил: janob-prikol (12.07.2016)
Просмотров: 91 | Рейтинг: 1.2/6
Всего комментариев: 0
avatar
Хостинг от uCoz