- Janob prikoldan - SHERLAR STATUSLAR AFORIZMLAR SEVGI HAQIDA SHERLAR TO'PLAMI - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » Статьи » Janob prikoldan

Alkash do'stim senga gapim bor
Bas qilarsan endi ichishni.
Bas qilaqol kelmasa malol.
Stalbani yig'lab quchishni.

Singilchangni bo'yi yetmoqda.
Yurtda onang o'g'lin kutmoqda.
Alpomishdek gavdangni bu kun.
Lanati sharob, tamom yutmoqda.

Ichib olib kechada.
Qop ketibsan ko'chada.
O'rislardan kaltak yeb.
Yig'layapsan onam deb.

Ishtoning xam yirtilgan.
Qo'lingda shisha sharob.
Onasini zor kuttirgan.
Bo'ladi shunday xarob.

Do'stimsanda, sinfdosh.
Jonim og'rir ekanda.
Meni tepsa bo'lmasmidi.
O'ris sani tepkanda.

Dadeng kutar jim.m.m.m bo'lib.
Yuragiga g'am to'lib.
Ularga nima qilding?
Bir erkak, o'g'il bo'lib.

Ichking kesa borgin ana yurtimda ich.
Halqimizni pazor qilma chet elda bich.
Afsus g'urur nimaligin bilmaysanda.
Bu gaplarga aslo odam bolmaysanda.

Topgan puling qizlargayu sharobgami.
Onajoning duolari sarobgami?
Sevgilingni vafo bilan kutganlari.
Senday bitta, alkash axmoq xarobgami?

Achinaman holinga yomon.
Ko'z o'ngimda bo'lyapsan tamom.
Chaqnoq ko'zlar baqquvat bilak.
Kundan-kunga bo'lmoqda samon.

Naxot taslim bo'lasan shunga.
Kim edingu o'xshading kimga.
Bu ketishda qiyomat kelmay.
Tanang aylanadi o'tinga.

Mard bo'lginu o'rningdan turgin.
Pulingni ichlayu uyinga surgin.
Sharob ulfat qizlarga do'stim.
Yuzlariga bir-bir tupurgin.

Bu sherim aslida do'stimga emas.
Alkash inson aslo do'st bo'lmas.
Hulosasin chiqarib kimdur.
Ichmay qo'ysa koshki ajabmas.
Категория: Janob prikoldan | Добавил: janob-prikol (20.08.2014)
Просмотров: 407 | Рейтинг: 1.5/8
Всего комментариев: 0
avatar
Хостинг от uCoz