Главная » 2015 » Март » 12 » Yomg'ir haqida Manoli sher
21:04
Yomg'ir haqida Manoli sher
Yomg'r

Chaqmoq chaqib, qaro osmonda.
Kimlarnidur qo'rqitgan yomg'ir.
Qolsam alam ichra zamonda.
Ko'z yoshimni berkitgan yomg'ir.

(HAQIDA)

Yig'laganim yetadi meni.
Sen yig'lama, kulib ket yomg'ir.
Tutib turay senga ko'ksimni.
Dardlarimni yuvib ket yomg'ir.

(SHER)

Oqib tushding tarnovlarimdan.
Sajdagoxim tavoblaridan.
Gunoxim ko'p savoblarimdan.
Gunoxlarim yuvib ket yomg'ir.

Yuzimga yog', kaftlarimga yog'.
Qalbimga yog' dardlarimga yog'.
Alamlar alanga, yurak to'la dog'
Yuragimni yuvib ket yomg'ir.

Yopib qo'yolmadim o'tmish darchasin.
Doim ezaverar qalbim parchasin.
Xotiralar barcha barchasin.
Bitta qo'ymay yuvib ket yomg'ir.

(manoli)
Muallif: janob-prikol 2015- Yil
Категория: SHERLAR | Просмотров: 9437 | Добавил: janob-prikol | Теги: yomg'ir sher, Yomg'ir haqida, Yomg'ir | Рейтинг: 2.2/76
Всего комментариев: 0
avatar