YOLG'ONCHILIK HAQIDA aforizm va statuslar. (o'qing) - 14 Января 2015 - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » 2015 » Январь » 14 » YOLG'ONCHILIK HAQIDA aforizm va statuslar. (o'qing)
21:57
YOLG'ONCHILIK HAQIDA aforizm va statuslar. (o'qing)
Yolg‘onchilik — qabih illat.
M. MONTEN
Yolg‘onchilik o‘g‘rilikdan battar.
J. RENAR
Yelg‘onchilik — yovuzlik timsoli.
V.GYUGO
Faqat yaramaslargina aldashadi.
F. M. DOSTOYEVSKIY
Yolg‘onni bu qadar fosh etishimizning boisi shundaki, eng pastkash
illatlar ichida ayniqsa yolg‘onni berkitish ham va unga bo‘yin egish
ham osoi.
F. VOLTER
Agar yolg‘on ham haqiqat singari bir xil bo‘lganda-ku, ahvolimiz ancha
yengillashardi. U holda biz yolg‘on so‘zlayotgan odamning gapini
teskari tushunib qo‘ya qolardik. Lekin haqiqatning aksi bo‘lgan
yolgonniig minglab qiyofasi bor va uning had-chegarasi yo‘q.
M. MONTEN
Kishi yanglishgan paytda buni har qaiday odam sezadi, ammo
aldayotganda esa hamma ham sezavermaydi.
I. GYOTE
Yolg‘onchi — inson deb atalishga loyiq emas.
F. FENELON
Irodasiz yurak, farosatsiz aql, buzuq xarakterni yolg‘on fosh etadi.
F. BEKON
Hammadan ham ko‘ra men qo‘rqoqlik va ojizlik tufayli to‘qilgan
yolg‘ondan jirkanaman.
A. I. KUPRIN
Yolg‘onchilik va makr — ahmoqlar bilan qo‘rqoqlar panohi.
F. CHESTERFILD
Yolg‘onchilik inson qalbi va jismiga hadsiz uqubat yuklaydi.
Sh. RUSTAVELI
O’z vijdonini aldash — insonning hayotidan ezilishining eng keng
tarqalgan va eng qabih ko‘rinishidir.
L. P. ANDREYEV
Yolg‘onchilik zo‘rlik boshlangan joyda tug‘iladi.
K. A. FEDIN
Yolg‘onchi yolg‘onsiz yashay olmaydi.
I.I . XEMNISER
Yolg‘onchilikka o‘rgangan odam ishda ham, bekorchilikda ham yolg‘on
so‘zlayveradi.
I. I . XEMNISER
Ma’lum vaqt hiyla-nayrang bilan shug‘ullanib yurgan odam endi usiz
turolmaydi: qolgan narsalarning bari unga zerikarli ko‘rinadi.
J. LABRUYER
Yolg‘on ham ichkilikbozlikning o‘zi. Yolg‘onchi o‘layotganda ham
yolg‘on gapirib o‘ladi.
A. P. CHEXOV
Shira — maysani, zang — temirni, yolg‘on esa qalbni kemiradi.
A. P. CHEXOV
Insonni ayni yolg‘onchilik tahqir etadi.
O. BALZAK
Yolg‘onning doimiy hamrohi — ayyorlik.
J. LOKK
Shaxsiy manfaat yo‘lida o‘zini-o‘zi aldash qalbakilik; o‘zgalar manfaati
uchun aldash — soxtalik; ziyon yetkazish uchun aldash — bo‘hton, bu
yolg‘onning eng yomon zahridir.
J. J. RUSSO
Yolg‘onchiga hatto u to‘g‘ri gapirganda ham ishonmaymiz.
SITSERON
Yolgonchining jazosi uning gapiga hech kim ishonmay qo‘yishida
emas, balki uning o‘zi endi hech kimga ishonmasligidadir.
B. SHOU
Yolg‘onchilik hayotda suyanchiq bo‘lmaydi.
N. K. KRUPSKAYA
Ojizlarning kuchi hiyla-nayrangda.
V. SHEKSPIR
Qalbaki narsa hech qachon pishiq bo‘lmaydi.
P. BUAST
Yolg‘on beviqor qilur odamni, Yolg‘on sharmisor qilur odamni.
SA’DIY
Eng qabih yelg‘on ko‘pincha sukut saqlagan holda ifodalanadi.
R. STIVENSON
To‘la haqiqatgina maqtovg‘a loyiq, chala haqiqat hech narsaga
arzimaydi.
S. SVEYG
Chala haqiqat yolg‘ondan xavfli; chala haqiqatga qaraganda yolg‘onni
ajratish oson, chala haqiqat esa sezdirmaslik uchun ikki hissa pishiqroq
niqob kiyib oladi.
T. GIPPEL
Chala haqiqatni fosh etish g‘irt yolg‘onni fosh etishdan ko‘ra ikki bora
qiyin.
O.OMELLI
Birov soxtalashtirilgan haqiqat — eng xavfli yolg‘ondir.
G. LIXTENBERG
Haqiqatlar ichiga kirib qolgan birgina yolg‘on hamma haqiqatni
shubhaga qo‘yadi.
P. BUAST
Aldayotgan odam yelkasida qanchalik og‘ir yuk borligini o‘ylamaydi,
chunki u birinchi yolg‘onini davom ettirish uchun yana yigirma
martalab yolg‘on so‘zlaydi.
A. POP
Har kimki so‘zi yolg‘on, yolg‘oni zohir bo‘lg‘ach yolg‘on. Yolg‘onni
chindek aytuvchi suxanvar — kumushni oltin bilan ro‘kash qilg‘uvchi
zargar.
A. NAVOIY
Kimki bir yolgon gapirdimi, yana ganiradi. Axir bitta yolg‘onni boshqa
yettitasi bilan quvvatlash kerakda.
F. RYUKKERT
Kim xotirasiga uncha ishonmasa, kelishtirib yolg‘on ham so‘zlolmaydi,
deb bejiz aytishmaydi.
M. MONTEN
Agar siz faqat bor gapni aytsangiz, boshqa narsalarni o‘ylab
o‘tirishingiz shart emas.
MARK TVEN
Albatta, bilmay turib ham yolg‘on gapirib qo‘yish mumkin, ammo
«yolg‘onchi», degan tushuncha qasddan yolg‘on so‘zlash ma’nosini
bildiradi.
B. LASKAL
Yolg‘on gapirayotganingni sezsang, og‘zingni yumishing har vaqt ham
kech emas.
A. DYUMA (o‘g‘li)
Yolg‘on kuchga kirgan vaqtda ham baribir hech vaqt haqiqatga
aylanmaydi.
R. TAGOR
Bordi-yu, yolg‘onga duch kelsang, sen uni yo‘q qil. Yolg‘on faqat yo‘q
qilishlari uchungina mavjud.
T. KARLEYL
Категория: STATUSLAR | Просмотров: 3075 | Добавил: janob-prikol | Теги: Donolar o'gitlari ibratli so'zlarib | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar