Главная » 2015 » Февраль » 20 » Yana bir real Voqea (o'qin hulosa chiqaring)
22:10
Yana bir real Voqea (o'qin hulosa chiqaring)

Bir ayol “Badavlat, meni hech qachon urmaydigan, ayollar ketidan yugurmaydigan va fantastik sevgilim bo‘la oladigan erkak bilan tanishaman”
– deb gazetaga e’lon beribdi.

Keyingi kun uning eshigi qo‘ng‘irog‘i chalinibdi. Eshikni ochsa hech kim yo‘q. Jahli chiqbdi.

Yana eshik qo‘ng‘irog‘i chalinibdi. Bu safar ham eshik oldida hech kim ko‘rinmabdi. Ayol yanada asabiylashibdi. Keyin sal uzoqdagi nogironlar aravachasida o‘tirgan erkakka ko‘zi tushibdi. U tomon yuribdi.
Ayol gapirishga ulgurmasdan, erkak gap boshlabdi:

–Gazetadagi e’loningiz sabab uyingizga keldim. Men boyman, ko‘rib turganingizdek sizni ura olmayman, ayollar ketidan yurishga esa oyoqlarim ham yo‘q, debdi.
Ayol ham nogiron erkakka turmushga chiqishni istamasdan:

–E’londa fantastik sevgilim bo‘lish ham bor edi, sizda bu hislat yo‘q ekan…

Erkak o‘rnidan turib:
–Oyoqlarim ishlamasa-da, eshigingiz qo‘ng‘irog‘ini chala olganim fantastika emasmi, deya mashinasi tomon yo‘l olibdi...


Saytimizdan yiroq ketmang! Bizda eng yangi va eng zo'rlari!
Категория: REAL HAYOTIY XIKOYALAR VOQEALAR | Просмотров: 7429 | Добавил: janob-prikol | Теги: fantastika hikoya, Fantastik xikoya | Рейтинг: 1.9/101
Всего комментариев: 0
avatar