Xikoyalar to'plami - 12 Января 2015 - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » 2015 » Январь » 12 » Xikoyalar to'plami
21:17
Xikoyalar to'plami
Bola qalbi haqida 3 ta qisqa hikoya. Öqing... Faqat yig'lamang!
1. Samolyot bulutlar orasida uchib borayotgandi. Tösatdan nimadir yuz berdiyu samolyot qattiq tebranib, pastga shöng'iy boshladi. Hamma xavotirga tushib qoldi. Kimdir kamarni yaxshiroq taqishga, yana kimdir baqirishga tushdi. Faqat bir qizgina joyida xotirjam ötirib qög'irchog'ini öynar, boshqalarga e'tibor bermasdi. Samolyot boshqaruvi iziga tushib, yerga muvaffaqqiyatli qöndirilgach, yölovchilardan biri qizchadan söradi:
- Kichkina bölaturib qanday qilib qulayotganimizda hech narsadan qörqmading?
Qizcha yölovchiga kulib qöydi va javob berdi:
- Uchuvchi - mening dadam. U hech qachon mening hayotim xavf ostida qolishiga yöl qöymasligini bilardim!
––––––––––––––––––––––––––––
2. Qizcha baqir-chaqir ovozi sababli uyqudan uyg'onib ketdi. Közlarini ishqalab kravatidan tushdi va ovoz kelayotgan tomonga yura boshladi. Uning
ota-onasi har kungidek özaro janjallashishardi. Ular qizchaning uyg'onganligiga ham e'tibor berishmasdi. Ota-onasining janjalidan qo'rqib, bir chetda ularni kuzatib
turgan yetti yoshli qizcha yig'lab yubordi. Bir-birlarini turli odob doirasidan tashqarida bölgan so'zlar bilan
haqorat qilayotgan er-xotin bolaga e'tibor berishmasdi:
- Siz men uchun nima qilib qo'yibsizki, menga baqirasiz?
- O'chir ovozingni shallaqi, iflos, bolangni olib yo'qol bu uydan. Menga sen ham, bolang ham
kerakmas.
- Nima dediz? Hali
bolamni olib yo'qolaymi? Mayli,
ketsam, o'zim ketaman! Bu uyga
yolg'iz kelganmanmi, yolg'iz ketaman!
Bola bitta meniki emas, tug'dirib
qo'ydizmi, tak shto eplab boqing endi!
Ayol shunday dedida jahl bilan xonasiga kirib ketdi. Xuddi shu
taxlit ota ham tashqariga chiqib
ketdi. Qizcha esa hamon yig'lardi. U hali ancha yosh bo'lsada, ota-onasiga kerak emasligini, ularga ortiqchalik
qilayotganligini tushunib turardi.
Chunki deyarli kun ora shunday janjallar yuz berardi. Qizaloq nima
qilishni bilmas, u ham
ko'chaga chiqib ketishni va uyga
hech qachon qaytmaslikni istardi.
Onasining yoniga kirmoqchi edi,
yo'qol ko'zimdan degan javobni
olgach nihoyat ko'chaga chiqdi.
Qizaloq qayerga borishni bilmas,
yagona biladigan joy narigi mahalladagi buvisining uyi edi.
Qizcha buvisining uyi tomon ketarkan öylardi: "Men ota-onamga kerak emasman. Buvim meni yaxshi ko'radi, meni haydamaydi..." Shu hayollar ichida ketayotgan qizaloq
yonidan chiqib qolgan mashinani sezmay qoldi. Qizcha yöl chetida holsiz yotar, kichkina yuzlariga yosh aralash boshidan qon sizardi. Og'riq kuchli, qiz hatto ovozini chiqarib yig'lolmasdi. Jon talvasasida özining kinolarda körganidek dunyodan köz yumishini taxmin qilar, lekin bundan qörqmasdi. Boshidagi sönggi öylari shunday edi: "Endi dadam bilan oyim hech qachon urushishmaydi..."
––––––––––––––––––––––––––––
3. Endigina olti yoshga tölgan ög'limning berilib rasm chizayotganini körib, qiziqqancha yoniga bordim.
- Ög'lim, nimaning rasmini chizayapsan?
- Sizni, oyimni va özimni, - nigohlarini menga qadadi u.
Suratga ahamiyat bersam, özining va mening köksimga yurak chizgan va negadir ularni qora rangga böyagandi.
- Ög'lim, yurak qizil rangda böladi, mana bu qalamda böyash kerak edi.
- Buni bilaman...
- Unda nega qoraga böyading?
U menga aybdorona boqib, gapirishda davom etdi:
- Buvimning aytishicha, boshqalarni yig'latgan odamlarning yuragi qora bölarkan, siz kecha oyimni yig'latdingiz-ku?
Jajjigina ög'limning sözlaridan kechagi dilxiralik yodimga tushib ketdi. Jahlimga erk berib qilgan ishimdan öz ög'lim oldida uyalib qoldim. Shunday bölsada gapni hazilga burdim:
- Unda seniki nega qora. Yoki sen ham biror qöshni qizni yig'latdingmi?
- Yöq. Men hech kimni yig'latmadim. Shunchaki! O'zingiz doim aytasiz-ku, "Sen xuddi menday bölishing kerak", deb. Shunga...
O'zi bilib-bilmay dadasiga saboq berib qo'ygan farzandimni bag'rimga bosar ekanman, etim jimirlab ketdi. Bo'g'zimni kuydirib, bir jumla otilib chiqdi:
- Otangga o'xshama o'g'lim...!!!
Категория: O'QING FAQAT YIG'LAMANG XIKOYALAR | Просмотров: 1492 | Добавил: janob-prikol | Теги: Bolalar psixologiyasi | Рейтинг: 2.1/11
Всего комментариев: 0
avatar