Xayotiy voqealar psixologik testlar - 12 Января 2015 - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » 2015 » Январь » 12 » Xayotiy voqealar psixologik testlar
21:17
Xayotiy voqealar psixologik testlar
... Yaqinda bir guruh professional kishilar guruhi 4 yoshdan 8 yoshgacha bölgan bolalar örtasida "Sevgining ma'nosi nima?" mavzusida sörov ötkazishdi. Ba'zi javoblarni öqigan kishining yuziga tabassum yugursa, ba'zi javoblar chuqurroq öylashga undaydi. Hatto kattalar tasavvur qilmaydigan javoblar ham uchradi. Ularning ayrimlarini siz ham öqing va öylang:
1. “Buvimning qöllarida artrit paydo bölganidan söng u bög'imlarini qimirlata olmasdan, oyoq tirnoqlariga lak surtolmay qoldi. Bu ishni buvim uchun har doim buvam qilardi, toki uning ham qöllarida artrit paydo bölgunicha. Mana shu - sevgi" ,- Rebecca, 8 yosh.
2. Kimdir seni sevsa, u ismingni hammadan boshqacharoq aytadi. Sen ismingni uning tilida xuddi qöriqlanayotgandek his qilasan.” Billy – 4 yosh.
3. “Sevgi shunaqa, avval biron qiz öziga atir, yigit esa adikalon sepadi, keyin ular aylangani borib, bir-birini hidlashadi” -Karl, 5 yosh.
4. “Sevgi bu xafsalang pir bölganida ham seni jilmayishga majbur qiladigan - nimadir”, - Terri, 4 yosh.
5. “Sevgi bu oyimning dadam uchun qahva tayyorlaganida har gal uni dadamga berishdan oldin haddan tashqari qaynoq emasligiga ishonch hosil qilish uchun xöplab körishi.”, - Danny, 7 yosh.
6. “Agar sevishni chuqurroq örganmoqchi bölsang, buni sen nafratlanadigan dösting bilan boshlashing kerak”,- Nikka, 6 yosh.
7. “Sevgi bu biror bolaga senga uning köylagi yoqqanligini aytishing va keyin u shu köylakni har kuni kiyishi” ,- Noelle, 7 yosh.
8. “Pianina chalishimdan oldin sahnada turganimda, nimalardandir juda qörqdim. Sahnadan meni tomosha qilib turgan hamma odamlarga bir-bir qarab chiqdim va ular orasida menga jilmayib, hayajon bilan qarab turgan dadamni kördim. Shuncha odam ichida faqatgina u - xuddi mendek hayajonlanayotgandi. Shundan söng men boshqa hech narsadan qörqmadim” - Cindy, 8 yosh.
9. “Oyijonim meni hammadan köproq sevadi. Yoki siz tunda meni uxlashim uchungina öpib qöyadigan boshqa biron kimni körganmisiz?”,- Clare, 6 yosh.
10. “Sevgi bu oyimning dadamga qovurilgan jöjaning eng yaxshi joyini berishi”,- Elaine, 5 yosh.
11. “Sevgi bu oyimning dadamni semirib ketayotganini bilsa ham, unga Tom Kruzdan köra kelishganroq ekanligini aytishi.” Chris – 7 yosh.
12. “Sevgi bu kuchukchang kuni bilan uni yolg'iz qoldirishingga qaramasdan, seni körishi bilanoq yuzingdan yalab qöyishi”,- Mary Ann, 4 yosh.
13. “Opam meni sevishini bilaman. Chunki u öziga kiyim sotib olish uchun yana dökonga olib borishlarini bilsa ham, menga hamma eski kiyimlarini beradi.” :-) Lauren – 4 yosh
14. “Kimnidir sevib qolsang, ösha lahzada, közlaring kosasidan chiqib ketadi va atrofingda yulduzchalar aylana boshlaydi” Karen – 7 yosh.
15.** "Sevgi bu – o‘zim sovuq qotishimni bilsam-da kurtkamni singlimga kiydirib qöyishim"
16.** "Sevgi bu – tishlaringdan bir nechtasi tushib qolsa ham tabassum qilaverish. Chunki, nimangdir yo‘q bo‘lsa ham do‘stlaring seni sevaverishlarini bilasan",- Emma, 6 yosh.
17.** "Erkak va ayolning ochlik, hastalik va yomon kunlardan birga o‘tishi sevgi deyiladi." Merlon, 8 yosh.
18.** "Agar sevgi o‘qishni o‘rganishga o‘xshagan narsa bo‘lsa, unda men uni hech qachon o‘rganmayman. Chunki juda ko‘p vaqtimni oladi." Glin, 7 yosh.
19.** "Sevgi bu – bog‘chani tugatganimdan keyin o‘zimga topishim kerak bo‘lgan narsa.", - Thom, 5 yosh.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Категория: REAL HAYOTIY XIKOYALAR VOQEALAR | Просмотров: 1536 | Добавил: janob-prikol | Теги: Psihologik testlar. Bu juda qiziq o | Рейтинг: 2.9/7
Всего комментариев: 0
avatar