Vada. (xikoya) - 12 Января 2015 - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » 2015 » Январь » 12 » Vada. (xikoya)
21:17
Vada. (xikoya)
... Shifoxonaga yurak xurujini boshdan ötkazgan 22 yoshlar atrofidagi qizni olib kelishdi. Ahvoli og'ir edi. Qiyin operatsiyadan keyin uni jonlantirish bölimiga olishdi. Men amaliyot ötardim shu shifoxonada. Soham kardiologiya bölganligi uchun Malika (uning ismi shunday edi)ning ahvolini örganishim mumkin böldi. U juda chiroyli qiz edi. Közlari betobligidan bölsa kerak, mungli boqardi atrofga. Uni alohida palataga ötkazishgach u bilan gaplashishga urindim. U unashtirilgan, 15 kundan söng töyi bölishi kerak ekan. U qallig'i haqida shunday mehr bilan gapirardiki, uni qattiq sevishi sezilib turardi. "Ota-onasi töyimizga qarshi, u kishi esa mening kasalligimni bila turib uylanyaptilar. Bilasizmi, nima uchun ularni judayam hurmat qilaman? Chunki ular har doim bergan va'dasining ustidan chiqadilar...". Ösha yigitni körgach özim ham bunga amin böldim. Ha, chindan xavas qilsa arzigulik juftlik. Oradan bir haftacha ötdi. Malikaning ahvoli ancha yomonlashdi. Yigit esa har kuni uning yonida böldi. Ba'zan tuni bilan uxlamasdi ham. Malika kundan-kun sölib borar, men bu kasallikni endi davolab bölmasligini bilardim. Özi ham umri yakunlanib borayotganligini sezib turar, köp yig'lardi. Malikaning palatasiga ularning könglini kötarish uchun bordim. Eshik ochiq ekan, qulog'imga yigitning dardli yupanch ovozlari eshitildi: "Yig'lama, hammasi yaxshi böladi. Menga ishonasanku, tög'rimi? Söz beraman, kelasi xafta töyimiz kuni sen oppoq libosda, men qop-qora kostyumda yonma-yon ötirgan bölamiz. Hammaning bizga xavasi keladi". Kirmadim ichkariga, Xudodan ularni ayirmaslikni sörashgagina qurbim yetardi öshanda. Malikaning yigit haqida aytganlari yodimga tushib ketdi. Shu safar ham va'dasining ustidan chiqish nasib etsin deb duo qildim... Töy kuni ham keldi. Afsuski, ösha kuni tongda Malika olamdan ötdi. Uning töyi örniga janozasiga bordim. Ajabo! Yigit haq ekan, ösha kuni Malika chindan oppoq libosda (afsuski, bu kiyim kafan edi), yigit esa qop-qora choponda yonma-yon borishardi. Faqat ... faqat, hech kimning ularga havasi kelmasdi...
Категория: REAL HAYOTIY XIKOYALAR VOQEALAR | Просмотров: 2846 | Добавил: janob-prikol | Теги: Asar | Рейтинг: 2.2/12
Всего комментариев: 0
avatar