TUXMAT qilganga jazo bormi? BOR. (o'qing bilib oling) - 15 Января 2015 - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » 2015 » Январь » 15 » TUXMAT qilganga jazo bormi? BOR. (o'qing bilib oling)
17:09
TUXMAT qilganga jazo bormi? BOR. (o'qing bilib oling)
Hadis va rivoyatlar
Pokiza ayollarga tuhmat qilish
Alloh taolo aytadi:
«Albatta, (buzuq niyatlardan)
bexabar, pokiza, mo‘mina
ayollarni
badnom qiladigan kimsalar
dunyoda ham, oxiratda ham
la'natga duchor bo‘ladilar. Ular
uchun ulug‘ azob bordir. U Kun
(qiyomat)da qilib o‘tgan
(bo‘htonlari) sababli ularning
tillari ham, qo‘lu oyoqlari ham
o‘zlarining ziyonlariga guvohlik
berur» (Nur surasi, 23-24).
«Pokiza ayollarni (zinokor) deb
badnom qilib, so‘ngra (bu
da'volariga) to‘rtta guvoh keltira
olmagan kimsalar(ni) - ularni
sakson darra uringlar va hech
qachon ular tomonidan biron
guvohlikni qabul qilmanglar! Ular
fosiq - itoatsiz kimsalardir» (Nur
surasi, 4).
Haromdan saqlangan, pokiza, hur
ayolga kimda-kim «zinokor» yoki
«fohisha» deb tuhmat qilsa, unga
dunyo-yu oxiratda la'nat va
ulkan
azob bo‘lishini, bu dunyoda esa
sakson darra urilib, garchi
ishonchli bo‘lsa-da, guvohligi
boshqa qabul qilinmasligini Alloh
taolo bayon qildi.
Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Yettita halok qiluvchi
ishdan saqlaninglar», deb ular
orasida: «(Buzuq niyatlardan)
g‘ofil, pokiza, mo‘mina ayollarga
tuhmat qilish»ni ham sanab
o‘tganlar (Muttafaqun alayh).
Tuhmat qilish - pokiza, hur,
muslima ayolga «ey zinokor»
yoki
«ey fohisha» va yo shunga
ma'nodosh so‘zlarni aytish, eriga
«ey fohishaning eri» o‘g‘liga «ey
fohishaning o‘g‘li» qiziga «ey
fohishaning qizi» deyish yoki
shu
kabi so‘zlarni so‘zlashdir.
Bironta erkak yoki ayol boshqa
bir
erkak yoki ayolga va yo yosh
bolaga
shu va shunga o‘xshash so‘zlarni
aytsa, shu so‘zlarning rostligiga
to‘rtta guvoh keltirishi lozim.
Agar
keltira olmasa, tuhmatga
uchragan
erkak yoki ayol talab qilsa, unga
sakson darra uriladi.
Shuningdek, quliga tuhmat qilgan
kimsa ham azobga giriftor
bo‘ladi.
Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytganlar: «Kimki quliga
«zinokor», deb tuhmat qilsa,
qiyomat kunida unga had (jazo)
qo‘llanadi. Agar gapi rost bo‘lsa,
(jazo) qo‘llanmaydi» (Muttafaqun
alayh).
Ko‘p johillar behayo so‘zlarni
aytishga odatlanib qolishgan.
Holbuki, ular mana shu so‘zlari
bilan dunyoda gunohkor,
oxiratda
azobga giriftor bo‘ladilar. Zero,
Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytganlar: «Banda
o‘ylamasdan bir so‘zni aytadi-da,
u sababli mashriq bilan mag‘rib
orasidagi masofadan uzunroq
masofaga do‘zaxga
qulaydi» (Muttafaqun alayh).
Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu
anhu rivoyat qiladilar:
«Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Odam
farzandi xatolarining aksariyati
tilidandir», dedilar» (Tabaroniy,
Bayhaqiy rivoyati).
Boshqa bir hadisi sharifda:
«Kimki
Alloh va oxirat kuniga ishonar
ekan, unda yaxshi gap gapirsin
yoki
sukut saqlasin», deyilgan
(Muttafaqun alayh).
Savbon roziyallohu anhudan
rivoyat qilinadi: Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Tiliga
egalik qilgan, uyi sig‘dirgan va
xatolariga yig‘lagan kishiga
jannat
bo‘lsin», dedilar (Tabaroniy
rivoyati).
Ibn Mas'ud roziyallohu anhu
aytadilar: «Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam aytdilar: «Mo‘min
ta'na qiluvchi, la'nat aytuvchi,
axloqsiz va behayo so‘zlovchi
bo‘lmaydi» (Termiziy rivoyati).
Alloh taolo lutf-marhamati ila
barchamizni tillarimiz
yomonligidan saqlasin. Albatta, u
saxovatli, marhamatli zotdir.
Foyda: Musannif rahimahulloh
aytadilar: «Kim pok ekanliklarini
tasdiqlovchi oyat tushganiga
qaramasdan, Oisha roziyallohu
anho onamizga tuhmat qilsa, u
Qur'onni yolg‘onga chiqargan
kofir
hisoblanadi va o‘ldiriladi»
Категория: IBRRATLI RIVOYATLAR HADISLAR XIKOYALAR | Просмотров: 3139 | Добавил: janob-prikol | Теги: Hadis va rivoyatlar Hadislar ibratl | Рейтинг: 2.4/5
Всего комментариев: 0
avatar