Sevgisiz Yashayman Bugundan (g'amli sher) yangi 2015 - 17 Января 2015 - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » 2015 » Январь » 17 » Sevgisiz Yashayman Bugundan (g'amli sher) yangi 2015
20:31
Sevgisiz Yashayman Bugundan (g'amli sher) yangi 2015
Dardli g'amgin she'r. O'qing zavqlaning!

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Armonlar xayotga halal bermaydi.
Xotirani ortimga tashlab.
Yurakdagi so'zim birov bilmaydi.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Unutaman barcha-barchasin.
Oshiqlarim ko'zlarin yoshlab.
Qulflab qo'yaman yurak darchasin.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Qo'l siltab yorimning ohu zoriga.
Bir umur mexrsiz toshbag'ir yashab.
Sabrimni sarflab umr boriga.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Eng baxtsiz odamdek tuyulsamhamki.
Kunduzlari kulib, tunlari yig'lab.
Zora shunda sendan qutilsam, balkim.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Sherlar ham yozmayman yolg'ondan kuyib.
Bir umur o'zimni o'zim ayiblab.
Ko'zda yoshim bilan alamdan kulib.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Hudoyim bergan-ku axir toqatdan.
Bevafo qizlarni aldayman boplab.
Qasdimni olaman har kun xayotdan.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab...
Yetgunicha umur yetguncha toqat.
Qalbimga toshlarni to'ldirib tashlab..
Toshbag'irsan deya qilmangiz tuxmat.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab...

Muallif: Janob-prikol
01.01 2015 yil
Категория: SHERLAR | Просмотров: 1125 | Добавил: janob-prikol | Теги: Baxt bu | Рейтинг: 1.5/2
Всего комментариев: 0
avatar