Seni eslatar! (bugun yozilgan yangi sher) - 18 Февраля 2015 - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » 2015 » Февраль » 18 » Seni eslatar! (bugun yozilgan yangi sher)
20:57
Seni eslatar! (bugun yozilgan yangi sher)

Seni eslatar! (bugun yozilgan yangi sher)

Vujudim bog'langan, yurak bog'langan.
Borliqdan voz kechib keta olmayman.
Mahalla-ko'yni deb, qalbim dog'langan.
Ko'changdan shunchaki o'ta olmayman.

Kutasan ko'zlaring yo'lga qadalib.
Qolganmiz tugalmas hisga aldanib.
Yo'lim tushib qolsa, o'tgum aylanib.
Ko'changdan shunchaki o'ta olmayman.

Yo'q... Qadam tortmaydi yurak tortsa ham.
Yuzim dosh bermaydi qaramoqlikka.
Xayolga timsoling kelib qolsa bas.
Havasim qolmaydi yashamoqlikka.

Bu ko'cha eslatar vadalarimni.
Alamim bo'g'zimda, yuta olmayman.
Yodimga soladi vadalaringni.
Ko'changdan bir umr o'ta olmayman.

Muallif JANOB PRIKOL
Категория: SEVGI HAQIDA SHERLAR | Просмотров: 3059 | Добавил: janob-prikol | Теги: Eslash xotirlash Haqida she'r | Рейтинг: 2.5/8
Всего комментариев: 0
avatar