Kutish real voqea - 12 Января 2015 - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » 2015 » Январь » 12 » Kutish real voqea
21:17
Kutish real voqea
''Kutish..."
Uch nafar yigit va uch qiz dam olish niyatida dengiz böyiga otlanishdi. Ularni maroqli hordiq kutmoqda edi. Bu yoshlar bir-biriga köngil qöyishgan, közlarida muhabbat uchqunlardi. Ötgan ketganlarga ham jilmayib boqishardi. Ularning nazarida, bu
dunyoda hamma odamlar özlari kabi baxtli edilar. Lekin, unday emasdi. Ular ötirgan avtobusda 30 yoshlardagi kishi
ham bor edi. Yoshlarning quvnoq
kulgusi, hazil-huzuli uni öng'aysiz ahvolga solardi. Yoshlar quvnagani sayin uning qalbi og'rir, oxiri közlarini chirt yumib oldi. Bu shovqin unga yoqmayotgani sezilib turardi. Qizlardan biri uning bu holatiga
jim qarab turolmadi, notanish kishining yoniga ötirdi. Uning
ismini sörab bildi. Erkak bundan 4 yil oldin jinoyat qilib qamalgan, endi turmadan uyiga ketayotgan ekan. Bu qizni battar hayratlantirdi.
-Uyga qaytayotgan bölsangiz, nega xursand emassiz?
Uylanganmisiz,- söradi qiz.
Bu savolga suhbatdoshi tushunarsiz javob berdi:
-Bilmayman...
-Qanaqasiga bilmaysiz, - söradi qiz ajablanib.
-Turmaga tushgan paytimda xotinimga xat yozib, uzoq vaqt
bölmasligimni aytdim. Meni kutish oson bölmasligini tushunardim. Agar kutishga sabring yetmasa, mayli, meni unut, seni tushunaman, özingga yoqqan kishiga turmushga chiq, buni
menga aytmasang ham mayli dedim.
-Endi esa xotiningiz sizni kutyaptimi yoki turmushga chiqqanmi, buni bilmay uyga
ketyapsizmi?
-Ha, - og'ir xörsindi u - qamoqdan ozod bölishimni aytishgach, bir hafta oldin xotinimga yana
maktub yozdim. Maktubda shunday deb yozdim: "...agar
senga kerak bölsam,
shaharchaga kiraverishdagi
ustunga sariq römolcha bog'lab
qöy, shundan senga kerakligimni anglayman. Agar kerak bölmasam
hech narsa qilma. Men
avtobusdan tushmay ötib ketaman..."
Yigitning gaplari boyagina xandon ketayotgan yoshlarni
öylantirib, jim qilib qöydi. Uning xotinini qattiq sevishi ma'yus
nigohlaridan sezilib turardi.
Shaharchaga hali uzoq edi. Endi ular har bir kilometrni sabrsizlik
bilan hisoblashar, asablar tarang
tortilgandi. Avtobus manzilga yaqinlashgani sayin hammaning diqqati oshardi. Erkak bu holatga chidayolmay közlarini chirt yumib
oldi. Ön kilometr qoldi. Besh...
Uch... Bir payt yölovchilar birdan
örinlaridan turib qichqirib yubordilar. Sobiq maxbus yigit
esa avtobus oynasidan tashqariga boqib, tosh kabi qotib
qoldi: yöldagi barcha daraxtlar shohiga
sariq römolchalar bog'lab qöyilgandi. Römolchalar
shamolda hilpirab, uyga qaytayotgan odamni qutlardi
göyo.
Категория: REAL HAYOTIY XIKOYALAR VOQEALAR | Просмотров: 4830 | Добавил: janob-prikol | Теги: Xayotiy voqea | Рейтинг: 2.2/49
Всего комментариев: 0
avatar