Главная » 2016 » Январь » 21 » Ikkita yangi sher. (juda ajoyib ijod)
15:09
Ikkita yangi sher. (juda ajoyib ijod)
Tunni tongga ulab yashaymiz.
Ro'zg'or-g'orni o'ylab yashaymiz
Vijdonimiz pullab yashaymiz.
Ammo mushkul halol yashamoq!

Quruq qolmay hech bir imkondan
Yaxshini ajratolmay yomondan
Oyni olsa bo'lar osmondan
Ammo mushkul halol yawamoq!

Esdan chiqarganmiz himmat ne edi.
Saxovat bobida ibrat ne edi?
Asli yawamoqdan maqsad ne edi?
Eng mushkul ish halol yashamoq!

Yaxshi deymiz yomonlarni ham.
Hisobga olamiz tomonlarni ham.
Rost-da! deymiz yolg'onlarni ham
Chunki mushkul halol yashamoq!

Ba'zan to'xtab ortga boqamiz.
Jonni o'rtar ichki bir titroq.
Gohi haqmiz gohi nohaqmiz
Chunki mushkul halol yashamoq!

Wathsappdan kelgan she'r. Muallif: Osmonzoda.


O'ylamay deymanu bo'lmaydi sira.
O'ylar surmaslikka o'rganolmayman.
Bir savoldan ko'nglim tortadi xira
Siz menga kimsizu men sizga kimman?

Hayotda har kimning o'zin o'rni bor.
Kimnidir do'st deyman kim esa duwman
O'zimga so'roqlar beraman takror
Siz menga kimsizu men sizga kimman?

Hatto begonalar bisyor yo'limda
Kimlarnidir esa yaqin atayman
Bir biriga teskari hislar ko'nglimda
Siz menga kimsizu men sizga kimman?

O'zni osmon bilgan kunlarim behad.
Osmonimda sizsiz menchi zaminman
So'roqlar esa hamon bilmaydi sarhad
Siz menga kimsizu men sizga kimman?

Goho o'ylab qolaman balki sevgi bu.
Agar shunday bo'lsa ne uchun jimman.
Shu narsa aniqki dildasiz mangu
Siz menga kimsizu men sizga kimman?

Qiziq... o'ylaymanu, bari befoyda.
Faqat bir narsaga to'la aminman
Bilmadim taqdirdek sirli saroyda
Siz menga kimsizu men sizga kimman?

Sizdan javob so'ramayman bu savolga
Negaki siz ham men kabi jimsiz
Tuyg'ular yuz tutdi afsus uvolga
Balki eng yaqinmiz balki hech kimsiz.

Ko'nglim esa nenidir shivirlar hamon...

Wathsappdan kelgan she'r "osmonzoda"
Категория: SHERLAR | Просмотров: 6618 | Добавил: janob-prikol | Рейтинг: 2.3/23
Всего комментариев: 121 2 »
avatar
0
14
wink wacko
avatar
0
15
yana sinov
avatar
0
16
sinov
avatar
0
17
yana sinov
avatar
0
18
chat uchun sinov
avatar
0
19
salom
avatar
0
20
salom
avatar
0
21
sinov uchun
avatar
0
22
yana
avatar
1
23
sinov
1-10 11-12
avatar