DARAXT - 12 Января 2015 - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » 2015 » Январь » 12 » DARAXT
21:17
DARAXT
''Qisqa satrlarda ''umr manzaralarini'' aks ettiruvchi o'zgacha hikoylar''.O'qing
... Turmush qurishganiga ikki oy bo'lgach kelin va kuyov negadir ko'p tortishadigan bo'lib qolishdi. Bu tortishuvlar har kuni davom etardi. Arzimagan sabablar tufayli ham janjal chiqardi. Bir kuni dilxiraliklardan bezgan kuyov kelinga shunday taklif aytdi: "Kel, yaxshisi xovliga bir tup ko'chat ekamiz, lekin uning tagini yumshatmaymiz, suv ham quymaymiz, ekib qo'yamiz xalos. Agar o'sha ko'chat qurib qolsa, ajrashamiz. Agar ko'karib ketsa, hayotimizni birgalikda qaytadan boshlaymiz". Kelin roziligini bildirgach xovliga bir tup köchat ekildi. Keyin ikkovi alohida- alohida yashay boshlashdi. Bir-birlariga gapirmasdilar ham. Oradan ikki oy o'tdi, lekin ko'chat qurimadi. Uch oy ham yakunlanib qolganida nihol ko'karib, gullab ketdi. Ana shu kunlarning birida kelin bilan kuyov kechasi soat 02:30 da ko'chat oldida uchrashib qolishdi. Ösha lahzada ikkovlarining ham qo'lida bir chelakdan suv bor edi!
Категория: REAL HAYOTIY XIKOYALAR VOQEALAR | Просмотров: 2470 | Добавил: janob-prikol | Теги: Ibratli xadislar | Рейтинг: 3.1/14
Всего комментариев: 0
avatar