Bahor fasli haqida sherlar statuslar MAQOLLAR бахор хакида шеьр статус. - 25 Февраля 2015 - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » 2015 » Февраль » 25 » Bahor fasli haqida sherlar statuslar MAQOLLAR бахор хакида шеьр статус.
08:08
Bahor fasli haqida sherlar statuslar MAQOLLAR бахор хакида шеьр статус.
$IMAGE1$
DIQQAT YIGITLAR QIZLARDAN EXTIYOT BO'LING.
Jiyda gullamoqda. biggrin


Muallif: Janob-prikol

BAXORDA UYLANADIGAN DOSTLARIMGA HAMDARDMAN. Bandachilik biggrin

Muallif: Janob-prikol

BAXOR KELGANI AEOROPORT VA VAKZALLAR UCHUN SEZON (teptimi)

Muallif: Janob-prikol

9- MARTDA TUG'ILGANLAR 8 MARTDA QIZCHEZGA BRITVA SOVG'A QILING (voyeyy gapti keganini) biggrin

Muallif: Janob-prikol

MANA BIRINCHI MART HAM KELDI.
Lekin negadur 8-mart ko'proq o'ylantiryapti.


Muallif: Janob-prikol

BAXOR KEGANDA Qizla yangi ko'yle kiyib ovora bo'melar.
Yigitlar baribir rassiyani o'yledi


Muallif: Janob-prikol

BAXOR KELGANI YAXSHIDA. Svetni ham, gazni ham, quyoshni ham, rassiyaga boradigan biletni xam olib keladi.

Muallif: Janob-prikol

YEMOQNI QUSMOG'I BOR. Baxor keldi FERMERLAR biggrin

Muallif: Janob-prikol

Бахор хакида шерлар.

Hazil.

Mening haqimdagi g`iybatlar yolg`on,
Ixtiyor o`zimda bo`lsa qaniydi.
Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan,
Ichmasam ul zotning ko`ngli ranjiydi.

O`zim boshladimmi, o`zim qilgum bas,
Do`stlarim behuda zavolim izlar,
Agar qirqqa kirmay o`lsam, may emas,
Meni xarob etgan bevafo qizlar!.


Muallif: Мухаммад Юсуф

Tilak.

Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog` tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo`llariga aso - bir tayoq tushsin.

Imoni sof, yuzga kirib yorug` yuz,
To`ylar ko`rib yelkasidan tog` tushsin.
Jismiga so`nggi safar oldidan
O`z bolasin qo`lidan tuproq tushsin...

Muallif: Мухаммад Юсуф

Kel-da, endi sog'intirmay odamni,
Sen yo'g'ingda bir g'am bosdi yelkamni,
Qorlar kurab ko'mib keldim otamni...
Ko'klamoyim, ko'kingdan ber bir chimdim.

Ko'king bilan kiyintiray dalamni,
Oyoqyalang suyuntiray bolamni,
O'zing olgin ko'ksimdagi alamni,
Ko'klamoyim ko'kingdan ber bir chimdim.

Ginam yo'qdir kuzda ketgan oqqushdan,
Iymanmasin qayta eshik qoqishdan.
Qumri bilan birga chiqdik bu qishdan,
Ko'klamoyim, ko'kingdan ber bir chimdim.

Jon ustiga asrab yuray ko'kni men,
To'yib-to'yib ko'zga suray ko'kni men.
Yana senga yetamanmi-yo'qmi men,
Ko'klamoyim, ko'kingdan ber bir chimdim.

Dil yayrasin dala dashting yasanib,
Yalpizlaring suv bo'yiga yastanib,
Ikki misra bayt bitay bir maqtanib,
Ko'klamoyim, ko'kingdan ber bir chimdim!


Muallif: Мухаммад Юсуф.

Oz bo'lsada kimgadur kerak bo'ladi.
E'tibor uchun raxmat.
Категория: SHERLAR | Просмотров: 7688 | Добавил: janob-prikol | Теги: бахор хакида афоризмлар, бахор хакида маколлар, Бахор хакида шерлар, бахор хакида шеьр, бахор хакида, Бахор фасли, бахор хакида латифалар | Рейтинг: 2.5/11
Всего комментариев: 1
avatar
0
3
SEN BAHORNI SOG'INMADINGMI

Uyg'onguvchi bog'larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonog'ingdan rang olgan dedim -
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo o'zingni,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

Uzoqlarda zalvorli tog'lar
Xayolimni keldilar bosib.
Kechdi qancha intizor chog'lar,
Vasling menga bo'lmadi nasib,
Sensiz men ham, bahor ham g'arib,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

O'ngirlarda sakraydi ohu,
Na'matakda sa'va mittijon.
Qorliklardan sipqarilgan suv,
Daralarda uradi javlon.
Nigohimdan faqat sen pinhon,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

Mana, bugun navro'zi olam,
Do'stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam...
Qo'limda gul, seni kutarman,
Umrim bo'yi chorlab o'tarman,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?
avatar