NON YOPISH RETSEPTI SIRLARI - O'ZBEK MILLIY TAOMLARI - SALAT VA TAOMLAR - MILLIY TAOMLAR SALATLAR RETSEPTLARI - Statuslar to'plami sherlar to'plami sevgi haqida sherlar

SAYTDAN BEPUL RO'YXATDAN O'TIB LOGIN VA PAROL BILAN KIRING CHATDA SUXBATLASHISH STATUS VA SHERLAR KOMENTARIYALAR QOLDIRISH IMKONIGA EGA BO'LING
ЗАБЫЛ ПАРОЛЬ
BEPUL RO'YXATDAN O'TISH
Главная » Доска объявлений » SALAT VA TAOMLAR » O'ZBEK MILLIY TAOMLARI

NON YOPISH RETSEPTI SIRLARI
| Фотография 26.01.2015, 10:39

Jizzali non
Uy nonining to'q tutarligini orttirish va lazzatini yaxshilashga qaratilgan bu non unitilib bormoqda. Sababi, hamma vaqt ham har bir xonadonda jizzaning bo'lavermasligidir. Jizzaning kuyganlarini terib tashlab, (saralab) shunday dona donaligicha xamirga qo'shiladi. Xamirturush bilan tuzni iliq suvda eritib, un va suvni qisim - qisimlab qo'shib qattiq - yumshoqligi o'rtacha bo'lgan xamir qorasiz va oshirish maqsadida o'rab, issiqroq joyga olib qo'yasiz. Ko'pchigan xamirni tog'oraning o'zida mushtlab, so'ngra taxta ustiga olib, qo'l bilan qalinligini 1,5 - 2 sm qilib yoyasiz. Yoymaning yuziga tekis qilib jizzani soling va xamirning bir chekkasidan rulet qilib o'rang. O'ralgan xamirga jizza yaxshi aralashishi uchun ruletning ikki chekkasidan kaftlar bilan eshasiz, bunda o'ng kaft orqaga, so'l kaft esa oldga bir necha bor harakat qildiriladi. Ana shundan so'ng 150- 200 gr keladigan zuvalalarga bo'lib chiqasiz. Shar shaklida dumalatilgan zuvalalarni o'ng qo'lning mushti bilan, so'ng har ikkala qo'lning kafti va barmoqlari bilan ezib doira shaklidagi non yasaysiz. Nonning chetlari 2 - 3 sm, o'rtasi esa 1 sm qalinlikda bo'lsin. Har bir nonning o'rtasida chakich urib, tandirga yopib to singiguncha pishirasiz. Dasturxonga tortishdan oldin bir oz tobini chiqarib, mustaqil taom sifatida choy bilan keltirib qo'yasiz. Masalliq: 1 kg un, 50 gr xamirturush, 2 stakan suv, 300 gr jizza, 2 choy qoshig'ida tuz olinadi.

Go'shtli non
Jizzali non uchun tayorlagandek, xamir tayorlanadi, farqi xamirga jizza o'rniga go'sht qiyma solib yo'g'riladi. Buning uchun 200 gr lahim go'shtni qiymalagichdan o'tkazilib, 200 gr to'g'ralgan piyoz va 0,5 choy qoshig'ida tuz sepib yaxsilab mijiqlanadi. Qolgan jarayonlar yuqorida Jizzali non da aytilganidek amalda oshiriladi. Masalliq: 1 kg un, 50 gr xamirturush, 2 stakan iliq suv, 1,5 choy qoshig'ida tuz solinadi, 200 gr go'sht, 200 gr piyoz va 0,5 choy qoshiqida tuz solib, qiyma tayorlanadi.

Obi non
Tog'oraga iliq suv solib xamirturush va tuzni eritasiz, unni va suvni qisim - qisimlab solib o'rtacha qattiqlikda xamir qorasiz, yaxshilab mushtlab pishitib tog'oraning o'zida qoldirib yuziga sochiq yopib, ustidan ko'rpacha bilan o'rab, issiqroq joyga olib qo'yasiz. Ko'pchigan xamirni yana mushtlab, 250 - 300 grammli zuvalalar yasab, ko'p urvoq berib doirasimon - chetlarining qalinligi 2 sm, o'rtasini esa 0,5 sm qilib yasaymis. Har bir nonning o'rtasiga chikich urib, yuziga dasturxon yopib qo'ysangiz qanzimaydi va xamir yaxshi tinadi. 15 - 20 minutdan so'ng nonning orqasini namlab, qizitilgan tandirga yopib pishirasiz. Tandir devorida akkumulyatsiya bo'lgan issiqlik va cho'gdan taralgan infraqizil nurlar ta'sir etganligi uchun non g'oyat xushbo'y va lazzatli chiqadi. Dasturxonga butunligicha patnisda qo'yiladi va bevosita yeyish oldidan sindiriladi. Xamiri ushbu retsept hisobida olinib, keragicha ko'paytirilib, istalgan miqdorda non yopib oilsh mumkin. Masalliq: 1 kg un, 50 gr xamirturush, 2 stakan iliq suv, 2 choy qoshiq tuz.

Sutli non
Tayorlash usuli xuddi obi non kabi amalga oshiriladi, faqat retseptida xamirga suv o'rniga sut qo'shib qoriladi. Achigan sutni ishlatsa ham bo'ladi, qattiq zardobida xamir qorish ham yaxshi natija beradi. Masalliq: 1 kg un, 40 gr xamirturush, 2 stakan iliq sut, 1,5 choy qoshiqida tuz kerak bo'ladi.
Добавил: janob-prikol | | Теги: NONLAR TURLAR GIJDA YOG'LI PATIR KU
Просмотров: 3631 | Рейтинг: 2.0/7
Всего комментариев: 0
avatar